O‘tgan hafta onlayn auksion orqali mingga yaqin avtomobil raqamlari sotildi
24.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil 15-oktabrdan 19-oktabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 669,0 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu esa o‘tgan haftadagi natijadan 4,7 foizga ortiq ekanligini ko‘rsatdi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 539,5 mlrd. so‘mdan 580,7 mlrd. so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish materiallari birinchi o‘rinni 26,0 % bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda paxta tolasi joylashgan bo‘lib, birja bozorining 24,9 foizini egalladi. Keyingi o‘rinlardan 15,6 % ulush bilan neft mahsulotlari, 6,4 % ulush bilan chorvachilik uchun yem joylashdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 426,2 ming AQSh dollardan ortiq qiymatga teng tovarlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini sink tashkil qildi. Uning ulushi 59 foizga teng. Keyingi o‘rinni 41% ulush bilan sanoat moyi egalladi.

Joriy yil 15-oktabrdan 19-oktabrgacha bo‘lgan davrda birjaning Listing komissiyasi tomonidan sotuvchilar arizasiga binoan qurilish materiallari, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va yog‘-moy mahsulotlari, neft mahsulotlari va boshqa tovarlarga 128 ta standart birja kontraktlari ochildi.

Ko ‘rgazma-yarmarka savdo

Ko‘rgazma-yarmarka savdolar hajmi o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 15,6 foizga qisqardi va 7,8 milliard so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 6,5 milliard so‘mni yoki 83,4 foizni tashkil qildi.

Imzolangan kelishuvlarning hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent filiali 3,8 milliard so‘mlik kelishuvlar bilan band etdi. Buxoro filiali 2,4 milliard so‘mga teng kelishuvlar imzolab, ikkinchi o‘rinni, Namangan filiali 0,7 milliard so‘mga teng kelishuvlar imzolab, uchinchi o‘rinni egalladi.

Sotilgan tovarlar tuzilmasiga ko‘ra, yetakchi qatorlarni ehtiyot qismlar band etdi. Bunday mahsulotlar 1,5 milliard so‘mga teng miqdorda sotildi. Keyingi o‘rinlardan polimerlar va plastmassa mahsulotlari (1,4 milliard so‘m), qora va rangli metall mahsulotlari (1,3 milliard so‘m) joy oldi.

Avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksion

O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 992 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,8 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49% ikkinchi va 28% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23 foizga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 15% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Buxoro viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 12 foizni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 50 foizga teng.

Davlat xaridlari

Elektron davlat xaridlari tizimida 80,4 milliard so‘mdan ortiq qiymatga teng bitimlar tuzildi.

O‘tgan hafta mobaynida budjet buyurtmachilari tomonidan umumiy qiymati 39,6 milliard so‘mdan ortiq bitimlar tuzilgan bo‘lsa, korporativ buyurtmachilar tomonidan 40,8 milliard so‘mdan ortiq shartnoma elektron tarzda imzolandi.

Shu jumladan, elektron do‘konda tuzilgan bitimlarning umumiy qiymati 18,3 milliard so‘mni, elektron auksionda tuzilgan bitimlar qiymati 62,0 milliard so‘mni tashkil etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq