Muassasalar, korporasiyalar, tashkilotlar orasida elektron aloqa tizimini shakllantirishga mo’ljallangan «Elektron pochta» tizimi dasturi yaratildi
24.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari tomonidan muassasalar, korporasiyalar, tashkilotlar orasida elektron aloqa tizimini shakllantirishga mo’ljallangan, shuningdek respublika elektron aloqa tizimida o’zbek tilidagi interfeysni hisobga olgan holda ishlatiladigan dastur yaratildi.

Dastur lotin shriftidagi interfeysdan foydalanish; uzatilgan yoki qabul qilingan axborotni jo’natish, qabul qilish va saqlash; yangi axborot kelganligi to’g’risida xabar berish; korrespondensiyalarni kalendar reja asosida o’z vaqtida jo’natish haqida xabar berish kabi funksional imkoniyatlardan iborat.

Ushbu dastur mualliflari Solijonov Jaxongir va Abdug’oipova Moxinurlarga dasturiy mahsulotni rasmiy ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risidagi DGU 05575 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq