Mercedes-Benz kelajak avtomobili modul konseptini taqdim etdi
24.10.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Mercedes-Benz kompaniyasi kelajakdagi Vision Urbanetic shahar avtomobil konsepsiyasini taqdim etdi. To‘liq elektr drayv juda qiziqarli xususiyatga ega – bu moduldir. Boshqacha qilib aytganda, agar kerak bo‘lsa, kuzovni almashtirish imkonini beradi, transport vositasini turli ehtiyojlarga — yo‘lovchilarni yoki yuklarni tashishga moslashtiradi.

Vision Vision Urbanetic – ikkita almashinuvchi modulli platformadan iborat. Birinchi avtomobilning miniveniga aylanishga qodir va 12 kishiga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Ikkinchi modul tufayli elektrokar yuk mashinasiga aylanishi mumkin. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, modullarni almashtirish ikki daqiqadan kamroq vaqtni oladi.

Konsepsiya aholisi juda zich bo‘lgan shahar sharoitda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Vision Urbanetic yo‘lovchi tashish hajmini va mavjud infratuzilmani o‘zgartirmasdan va qo‘shimcha transportdan foydalanmasdan katta hajmdagi yuklarning tashilishini ta’minlaydi. Mercedes, kelajakda elektr avtomobillarni yagona IT-tizimiga birlashtirilishiga ishonadi. Konsepsiyaga ko‘ra, boshqaruvchisiz rejimdan tashqari, operator tomonidan qo‘l bilan boshqarish rejimi ham mavjud. Vision Urbanetic mustaqil ishlay oladigan AI-platformasi bilan jihozlangan. Shu sababli avtomobil juda tirband yo‘llarni baholashshga va eng qulay yo‘llarini izlash imkoniga ega. Bu bilan uning texnik afzalliklari tugamaydi. Kompaniya avtomobil piyoda va boshqa yo‘l foydalanuvchilari bilan «muloqot qilish» imkoniga ega ekanligini ta’kidlaydi. Buning uchun avtomobilning old va orqa tomoni katta raqamli displeylar bilan jihozlangan, ular turli ma’lumotlarni, masalan, avtomobil ularni ko‘rayotganini ma’lum qilishi mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq