Shifokorlarning ish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi «MedEApp» ma’lumotlar bazasi yaratildi
22.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ushbu ma’lumotlar bazasi (MB) bemorlarga kasallik kartasi ochiladigan, tibbiy ko’riklar o’tkaziladigan va onlayn rejimida ma’lumotnomalar beriladigan hamma tibbiy muassasalar uchun mo’ljallangan.

MBda bemor tug’ilgan paytidan boshlab u haqdagi hamma tibbiy axborot va ma’lumotlar saqlanadi. Kriptografik shifrlash yo’li bilan ma’lumotlarning saqlanganligi va xavfsizligini ta’minlash; bemor sog’lig’i to’g’risidagi batafsil axborotga shiforkorlarning va bemorning oson ega bo’lishi kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Shuningdek, ushbu MB shifokorlarning bir qator ish jarayonlarini avtomatlashtiradi, masalan:

1) axborot berish va vaksinalarni olish jarayonini avtomatlashtirish;

2) shifokorlar huzuriga kelish vaqtini taqsimlash va rejalashtirishni avtomatlashtirish;

3) ilova qilingan ma’lumotlar bazasida bemorlar to’g’risidagi ma’lumotlarning elektron
hisobini olib borish.

Mualliflar Sultonov Ayubxon, Palvonova Sevara, Yakubova Azada va Palvonova Umidalarga ushbu yaratgan MB uchun BGU 00366-sonli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq