Centauro: odamlarni qutqaruvchi robot-kentavr
22.10.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Robotlar yaratishda olimlar va muhandislar ko‘pincha tabiatning ozidan ilhomlanadilar. Afsonaviy maxluqlarga o‘xshatib ishlangan robotlar kamdan-kam uchraydi. Yangi ijod namunasi bo‘lgan qadimiy yunon mifologiyasiga ishora qiluvchi nom va tashqi qiyofaga ega Centauro roboti o‘yinlar uchun emas, balki inson hayotini saqlab qolish uchun yaratilgan.

Engadget nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, robot Italiyaning Texnologiya instituti va Bonn universiteti mutaxassislarining ijodiy mahsulidir. Centauro Momaro ilgari ishlab chiqilgan robot-prototipi asosida yaratilgan. Robot-kentavrning balandligi 1,5 metr va vazni 93 kilogrammni tashkil etadi. Robotning ramkasi yengil metall qotishmalaridan ishlangan va «tanas» esa 3D-printerda chop etilgan plastik bilan qoplangan. Robot-kentavr harakat qilish uchun 4ta oyoqdan foydalanadi. Har bir oyoq uchiga g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Bunday holatda robot g‘ildirak ustida ham yuguradi va 4ta oyoq ustida yurib, to‘siqlarni ko‘taradi. Bundan tashqari, robotning tanasida 2 ta qo‘l mavjud, unga ko‘ra vaziyatga qarab, har xil turdagi manipulyatorlarni ulash mumkin. Robot lidar, kosmosga yo‘naltirilgan kameralar va chuqurliklarni baholash uchun Microsoft Kinect kamerasi bilan jihozlangan. Batareya zaryadlash jarayoni 2,5 soat davomida uzluksiz ishlashga yetarlidir.

Robotning ushbu versiyasi to‘liq avtonom emas. Centauro operator tomonidan uzoqdan boshqariladi, biroq aloqa uzilsa ham robot o‘z ishini davom ettira oladi. Robotni boshqarish uchun operator pedallar va manipulyatorlar qo‘llari bilan eksozkeletdan foydalanadi. Ikkinchisi robotning qo‘llarini va pedallarni boshqarishga imkon beradi. Bundan tashqari, ma’lumotni ko‘rsatish uchun operator boshiga VR-shlemini kiyishga majbur bo‘ladi. Ishlab chiquvchilarga ta’kidlashicha, Centauro 6 darajalik erkinlikdagi oyoqlari tufayli to‘siqlarni osongina yengib o‘ta oladilar, shuningdek, qidiruv va qutqaruv operatsiyalarini bajarishda juda qo‘l keladi va og‘ir narsalarni ko‘tara oladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq