Qiziqarli fAKTlar
20.10.2018
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qiziqarli yangiliklarga bag‘ishlangan navbatdagi sahifamizda aqlli shaharlar haqida fikr yuritiladi.

Jahondagi 10ta eng aqlli shahar

Aqlli shahar (ingliz tilida smart city) – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet vositalar (IoT) ning o‘zaro ta’siri hamda shahar mulkini boshqarish uchun mo‘ljallangan infratuzilmadir.

Boshqacha aytganda, dunyodagi eng aqlli shaharlar aholisining turmush darajasini yaxshilash uchun barcha resurslardan foydalanishga mo‘ljallangan.

Raqamli shaharlarni baholashning asosiy mezonlari:

— 4G mоbil aloqa;

— Wi-Fi ulanish nuqtalari sonining ko‘pligi;

— smartfonlar servislarni boshqarish universal vositasi sifatida;

— aqlli to‘xtash joylari;

— avtomobillarni almashtirish xizmatlari (karshering);

— transport harakatining optimallashgan tizimi;

— davlat xizmatlariga onlayn-ulanish;

— chiqindilarning qayta ishlanishi;

— shaharliklarning faol fuqarolk pozitsiyasi;

— ekologik toza energiya manbalari.

Aholi turar-joylari «aqllilashib» qoldi. Bunga yuqori tezlikda veb-ulanishlarni kengaytirish va Internet-axborot vositalarini joriy qilish tufayli erishildi. Ma’lum bo‘lishicha, nafaqat rivojlangan mamlakatlarning poytaxtlari aqlli shahar-smart siti maqomini olishga muyassar bo‘ladi. EasyPark – Shveytsariyaning IT-kompaniyasi bo‘lib hisoblanadi. EasyPark tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha sayyoramizdagi eng aqlli shaharlar ro‘yxati ishlab chiqildi.

Top-10 smart cities

10-o‘rin: Melburn (Avstraliya)

2017-yilda dunyoning eng aqlli shaharlari reytingida Avstraliyaning Melburn shahri yetakchilik qilgandi, bu – aholining yuqori turmush darajasi va ta’lim sifati, yaxshi ish sharoitlari hamda rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan shahardir. Mahalliy muhandislar ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalardan biri piyodalar uchun sharoitlarni yaxshilashdir. Maxsus ilovalardan foydalangan holda, piyodaning ketayotgan joyi haqidagi ma’lumot smartfon orqali serverga uzatiladi. Tizim odamlarning sonini har kuni hisoblab boradi va aholining zichligini hisoblashni amalga oshiradi va ayniqsa, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda ularning oqimini tartibga soladi.

9-o‘rin: Jeneva (Shveytsariya)

Shaharning katta andron kollayderga yaqin joylashganligiga qaramasdan, Jeneva, chiqindilarni qayta ishlash, shuningdek, aqlli uylarni qurish ishlari amalga oshirilganligi uchun reytingda maksimal o‘n ball oldi. 2020-yilgacha hukumat atmosferaga karbonat angidrid chiqarilishi hozirgi hajmining to‘rtdan bir qismiga kamaytirishni rejalashtirmoqda.

8-o‘rin: Amsterdam (Niderlandi)

Gollandiyaning moliyaviy va madaniy poytaxti shaharning ijtimoiy hayotiga aholining faol jalb etilishi va davlat xizmatlariga onlayn ulanishi tufayli reytingda o‘z o‘rnini topdi. Bundan tashqari, Amsterdam har yili ko‘plab sayyohlarni jalb qiladi. Shuningdek, yangi biznes harakatlarini boshlash uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. Shahar aholisi uchun Amsterdam Smart City deb nomlangan veb-sayt yaratildi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, platformalar ko‘zi ojizlar va boshqa nogiron odamlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan ilova dasturini qo‘llab-quvvatlaydi. Koll-markaz chaqiriq markazi xodimlari ular ko‘chalarda harakat qilishlarida yordam beradi.

7-o‘rin: San-Fransisko (AQSH)

O‘nta aqlli shaharlardan biri bo‘lgan ushbu sayyohlik markazi, bu yerda uyushtirilgan muvaffaqiyatli startaplari bilan barchani hayratga soladi. San-Fransisko boshqa shaharlar bilan taqqoslaganda Internetga ulanish tezligi bo‘yicha smart-shaharlar ro‘yxatidan yetakchi o‘rinni egallaydi.

6-o‘rin: Tokio (Yaponiya)

Kunchiqar mamlakat poytaxti yirik xalqaro axborot-iqtisodiy markazdir. Shaharda ko‘plab nufuzli kollej va universitetlar, shuningdek, yiliga taxminan 14 milliard yo‘lovchi foydalanadigan 100 dan ortiq liniyalarni birlashtirgan rivojlangan temir yo‘l infratuzilmasi mavjud. Smart-kartalar tizimi va Wi-Fi nuqtalarining keng tarmog‘i reytingda boshqa smart-shaharlardan o‘zib ketishga imkon berdi.

5-o‘rin: Boston (AQSH)

Amerikaning eng qadimiy va eng badavlat shaharlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotning bank, moliya va sug‘urta sohalarida ustunlik qiladi. Massachusets shtati poytaxtida butun dunyoda eng katta nashriyotlarning faoliyati davom etmoqda va Garvard universiteti hamda Massachusets Texnologiya Instituti har yili keskin rivojlanib bormoqda. EasyPark tomonidan ta’lim va biznes sohalari rivojlantirilganligi uchun shaharga eng yuqori – 10 ball berildi.

4-o‘rin: Tsyurix (Shveytsariya)

Shveytsariyaning eng yirik moliyaviy va ilmiy markazi bo‘lib, unda mavjud ko‘plab xalqaro banklardan tashqari, jamoat transporti yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish darajasi, aqlli binolar va qayta ishlash tizimi bilan aholisini shod qiladi. Tsurix shahrida 2024-yilgacha qayta tiklanadigan manbalar tomonidan yuklarni tashish uchun yer osti tarmog‘ini yo‘lga qo‘ysh rejalashtirilgan.

3-o‘rin: Stokgolm (Shvetsiya)

Shvetsiyaning asosiy shaharlaridan biri davlat xizmatlariga onlayn ulanish xizmati uchun eng yuqori ball to‘pladi. Shuningdek, Stokgolmda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sanoat korxonalari mavjud emas. Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda mutaxassislar katta tajribaga ega.

2-o‘rin: Singapur (Singapur)

Jamoat transportining samarali tizimi va fuqarolarning ijtimoiy faolligi uchun o‘n ballik baholash tizimida o‘n ballni Janubiy-Sharqiy Osiyo davlati oldi. Singapurning bozor iqtisodiyoti yuqori, soliq stavkalari aksincha pastligi shaharni investorlarni jalb qilish uchun ideallashtiradi.

1-o‘rin: Kopengagen (Daniya)

EasyPark reytinggi natijalariga ko‘ra, Daniya poytaxti sayyorada eng aqlli shahar deb ataladi. Kopengagen IT-texnologiyalar, ekologiya, tibbiyot, iqtisodiyot, biznes, transport infratuzilmasi sohasida faol rivojlanmoqda. Ko‘p yillar ilgari shahar hokimi aholi uchun ma’lumotlar almashinuvi ma’lumotlar bazasi – ochiq va ommaviy axborotga ega onlayn-platforma onlayn-maydoncha (City Data Exchange)ning ishga tushirilishini e’lon qilgandi. Kopengagenda asosiy e’tibor ma’lumotlarni almashish bo‘yicha shahar ma’lumotlar bazasining asosiy vazifalaridan tashqari, ma’lumotlarga ulanish xizmatini yanada ekologik jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan.

Maxsus dasturlar zararli moddalarning atmosferaga chiqishi oqibatlarini kamaytirish haqida qayg‘urishni talab etadi. 2017-yilda Kopengagen hukumati velosipedlarga atrof-muhitning ifloslanishi va yo‘llardagi tirbandlik darajasini ko‘rsatuvchi maxsus hisoblagichlar bilan jihozlash loyihasini ma’qullagandi. Dunyoning eng aqlli shahriga berilgan faxriy unvon Yevropa, Osiyo va Rossiyaning tabiiy resurslaridan foydalanish va infratuzilmani rivojlantirishni optimallashtirishga undaydi. Ehtimol, 2018-yil yakunida smart-shaharlar ro‘yxati keskin o‘zgarar.

Manba: https://robo-sapiens.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq