Professor M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetining rektori bilan uchrashuv
20.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yil 19-oktyabr kuni «O’zbektelekom» AK binosida professor M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetining rektori Sergey Viktorovich Bachevskiy bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, u «Yangi xodimlar — yangi iqtisodiyot uchun» rus-o’zbek ta’lim forumida ishtirok etish uchun respublikamizga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda «O’zbektelekom» AK bosh direktori Kadirov Shuhrat Munavvarovich Kompaniya uchun xodimlarni tayyorlash sohasidagi samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

O’z navbatida, Bachevskiy S.V. respublikamiz uchun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning o’zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari haqida so’z yuritdi.

Uchrashuvda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev To’lqin Zakirovich ishtirok etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq