Moskvalik hamkasblar bilan muloqot
20.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Elektron hukumat markazida Moskva davlat xizmatlari markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Elektron hukumat markazi (EHM) direktori o‘rinbosari Daniyar Atadjanov boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Markazning departament boshliqlari, mehmonlardan esa Moskva Davlat xizmatlari markazining informatizatsiya va sifat nazorati bo‘yicha direktor o‘rinbosari Daniil Kotko hamda bo‘lim boshliqlari — Pavel Kurennoy va Aleksandr Plaskon ishtirok etishdi. Toshkent shahar hokimiyatining Kompyuterlashtirish markazi direktori Farrux Aminov va uning o‘rinbosari Farrux Xabibullayev ham uchrashuv mehmonlariga aylanishdi.

Dastlab EHM direktor o‘rinbosari rossiyalik hamkasblarni Markazning maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi, mamlakatimizda aholi uchun taqdim etilayotgan davlat xizmatlari portallarini misol tariqasida keltirdi, ish uslubi ochiqlik, mijozlar uchun yo‘naltirilganlik tamoyilari asosiga qurilganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda mehmonlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, elektron raqamli imzo va Prezidentning virtual qabulxonasi kabi loyihalarga alohida qiziqish bildirishdi. Elektron hukumat markazi xodimlari har bir davlat xizmati portalining yaratilish tarixidan tortib, ishlash jarayonigacha — batafsil ma’lumotlarni taqdim etishdi.

O‘z navbatida, rossiyalik hamkasblar ham muvaffaqiyatli va samara bermagan loyihalari, omadli va omadsiz tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar o‘zlarining barcha savollariga javob oldilar. Ikkala tomon vakillari ham o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish istagini va uchrashuvlarni yangi darajada davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq