EHTRM Xalqaro innovatsion ko‘rgazmada ishtirok etadi
20.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

22-26 oktabr kunlari Toshkentdagi Milliy ko‘rgazmalar majmuasida Innovatsion g‘oyalar haftaligi INNOWEEK Science and Technology 2018 bo‘lib o‘tadi.

Haftalik O‘zbekiston hukumati va ishbilarmon doiralariga investorlar bilan muloqot qilish uchun platformalar yaratishga yo‘naltirilgan.

Innovatsion haftalik doirasida Xalqaro innovatsion ko‘rgazma hamda Xalqaro innovatsiyalar va investitsiyalar forumi o‘tkaziladi.

Xalqaro yarmarka yurtimizdagi chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion jamg‘armalari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida tashkil etiladi.

Tadbirda Avstriya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Italiya, Iskroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog‘iston, AQSH kabi davlatlardan yirik olimlar, tadbirkorlar, kompaniya boshqaruvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

Aytish joizki, Elektron hukumat markazi ham yarmarkada qatnashadi. Ko‘rgazma davomida Markaz mutaxassislari onlayn-xizmatlar, elektron hukumat tizimi, “aqlli shahar» texnologiyalari va faoliyatining boshqa yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berishadi.

Ko‘rgazmada yurtimizda va xorijda ishlab chiqilgan eng yangi texnologiyalar namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun: 2018-yildan boshlab O‘zbekistonda Xalqaro innovatsion yarmarkalar an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib boriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq