“Infolib Uzbekistan” VII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “tadqiqot.uz” jurnallari taqdimot anjumani
19.10.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yil 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Infolib Uzbekistan” VII Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “tadqiqot.uz” xalqaro elektron ilmiy jurnallari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi.

“tadqiqot.uz” xalqaro elektron ilmiy jurnallari mutaxassisi Shoxrud Fayziev jurnalning mohiyati, vazifalari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

“tadqiqot.uz” MChJ maqsadi o‘zbek olimlari va xorij olimlari o‘rtasida yaqin hamkorliki o‘rnatishda ko‘prik vazifasini bajarish. Yurtimiz ilm-fanida erishilgan yutuqlarni xorijga ko‘rsata olish imkoniyatini yaratish.

www.tadqiqot.uz – 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifa – ilmiy izlanish yutuqlarini amaliyotga joriy etish yo‘li bilan fan sohalarini rivojlantirish, ya’ni xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilishiga xizmat qiluvchi jurnallar faoliyatini qamrab olgan.

Hozirda “tadqiqot.uz” tarkibida 15 turli fan sohalaridagi – “Huquqiy tadqiqotlar jurnali”, “So‘z san’ati xalqaro jurnali”, “Biomeditsina va amaliyot jurnali”, “Iqtisodiyotda innovatsiya”, “Falsafa fanlari”, “Pedagogika fanlari”, “Arxitektura”, “Sotsiologiya fanlari”, “Tarix fanlari”, “Geologiya-mineralogiya fanlari”, “Agroprotsessing jurnali”, “Fizika-matematika fanlari”, “Texnika fanlari”, “Kimyo fanlari”, “Madaniyat chorraxalari” xalqaro-milliy jurnallar faoliyat olib bormoqda. Jurnallarda e’lon qilinadigan har bir maqolaga DOI(Crossref) raqami beriladi. Jami jurnallar xalqaro indeksatsiya bazalariga kiritilgan. “tadqiqot.uz” elektron sayti onlayn jurnalining asosiy axborot maydoni bo‘lib, unda e’lon qilingan ilmiy maqolalar O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga binoan bosma maqoladagidek kuchga ega.

Bugungi kunda, “tadqiqot.uz” MChJ 30 dan ortiq xalqaro va respublika oliy ta’lim muassasalari, xalqaro bazalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Anjuman davomida ishtirokchilar “tadqiqot.uz” jurnallarida maqola chop etish shartlari, shuningdek, barcha fan yo‘nalishlariga doir ilmiy maqolalarni Yevropa, AQSh, Osiyo va MDH davlatlarining impakt faktori baland bo‘lgan nufuzli ilmiy jurnallari va konferensiya materiallari to‘plamlarida nashr etilishiga bevosita yordam ko‘rsatilishiga doir qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq