XOST kompaniyalar guruhi Bosh direktori bilan uchrashuv
18.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 18-oktabrida «Yagona integrator UZINFOCOM» MChJda XOST kompaniyalar guruhining Bosh direktori Suslov Konstantin Yuryevich bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

XOST kompaniyalar guruhi 1993-yildan buyon bozorda faoliyat yurituvchi federal tizim integratori hisoblanadi. Cnews Analytics ma’lumotiga ko’ra, Rossiyaning eng yirik IT-kompaniyalarining TOP-100 ro’yxatiga kiradi.

20 yildan ortiq vaqt mobaynida kompaniya banklar, sanoat korxonalari, yonilg’i-energetika kompaniyalari, davlat organlari va sog’liqni saqlash uchun IT-infratuzilmani loyihalash, qurish va qo’llab-quvvatlashga kirishdi. Shu vaqt mobaynida u Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlari 18 ta ta’sis obyektlari hududida 2 mingdan ortiq tashkilotga loyihalarni amalga oshirdi.

XOST kompaniyalar guruhining vakili davlat va tijorat korxonalari uchun axborot tizimlarini yaratish tajribasini taqdim etdi, masalan «MedVed» tibbiyot axborot tizimi, shaxsiy tibbiy ma’lumotlarini analitik qayta ishlash orqali profilaktik dasturlarning samaradorligini aniqlash imkonini beradi.

Yana bir loyiha «Intelligent City» axborot tizimi bo’lib, katta hajmli ma’lumotlarning tahliliga asoslangan bo’lib, muammolarni oldindan bilish, qarshi choralarni taqqoslash va resurslarni (energiya, suv, moliyaviy, mehnat) optimallashtirish imkonini beradi.

Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari infratuzilmasi ishini yaxshilash, uni boshqarish va umumiy mulkka sarf-xarajatlarni qisqartirish uchun serverlarni virtualizatsiya qilish, dasturlarni yaratish va bulut muhitlarini yaratish bo’yicha yechimlar haqida ma’lumot almashildi. Shuningdek, korxonada IT monitoring va boshqaruv tizimini joriy etish masalalari ko’rib chiqildi, bu esa uskunalarni va dasturiy ta’minotni ishlatishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va mavjud muammolarni aniqlash imkonini beradi.

Tomonlar O’zbekistonda bir qator istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar va qo’shma tadbirlar rejasini tasdiqlashga kelishdilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq