Raqamli transformatsiya — Hududlararo hamkorlik I Forumi diqqat markazida
18.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“O‘zekspomarkaz” AJ MKKda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I Forumi o‘z ishini boshladi. Ushbu Forumning maqsadi – Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.

Forum doirasida seksiyalarga ajratilgan majlislar o‘tkazilmoqda. Ulardan biri “Raqamli transformatsiya” mavzusiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston va Rossiya uchun yangi reallik bo‘lgan raqamli transformatsiya, iqtisodiyotni raqamlashtirish mavzusiga tegishli savollar tadbir chog‘ida muhokama qilindi, O‘zbekiston va Rossiya hamkorligini kuchaytirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash, davlat boshqaruvi tizimida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.

Barchaga ma’lumki, raqamli transformatsiya hozirgi vaqtda davlat organlari vakillari va mutaxassislari orasida muhokama uchun ommalashgan mavzuga aylangan. Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotning raqamli shakliga o‘tish uchun qator ishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2017-yil 28-iyuldagi 1632-r son “Rossiya Federatsiyasining raqamli iqtisodiyoti” to‘g‘risidagi dasturi qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3832-son Farmoyishi qabul qilindi.

Amaliy seminarda 200dan ortiq Rossiya Federatsiyasi Hukumati, vazirliklar va idoralari vakillari hamda viloyat hokimlari, Rossiya Federatsiyasi ilg‘or kompaniyalari boshqaruvchilari va biznes vakillari ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, tadbirda vazirlik va respublika bo‘yicha mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi va yetkazib beruvchi idoralar vakillari ham qatnashishdi.

Hududlararo hamkorlik forumi doirasi o‘tkaziluvchi amaliy seminar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha muloqot va muhokama qilish maydoni bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq