Plastik kartalardan foydalanish madaniyati: ishong, biroq tekshirishni unutmang!
18.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

So‘nggi kuzatuvlarga binoan, karta egalari tomonidan o‘z plastik kartalarining xavfsizligiga nisbatan befarq bo‘lgan holatlar qayd etilgan.

Ta’kidlab o‘tamizki, har bir karta egasi o‘z plastik kartasining PIN-kodini ovoz chiqarib aytish, kartani begonalarga ishonib topshirish, karta ulangan mobil ilovaga kirish parolini aytish yoki totalizatorlarda ishtirok etish kabi holatlarda o‘zi javobgar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksiga binoan (191-modda), qimor o‘yinlari va boshqa xavfli o‘yinlarni tashkillashtirish va ularda ishtirok etish noqonuniy hisoblanadi.

Xalqaro xavfsizlik talablariga ko‘ra, plastik kartaning fotosuratini, 16 sonli raqamlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib yuborish, jumladan, uni uchinchi shaxslarga topshirish qati’yan man etiladi. Kiber jinoyatchilar aynan shu kabi holatlardan foydalanganliklari qayd etilgan.

Uzcard logotipi joylashtirilgan guruhlar, ilovalar va saytlar Yagona umumrespublika protsessing markaziga (YaUPM) integratsiyalanganidan hamda hamkor ekanligidan dalolat bermaydi. YaUPM bilan tuzilgan shartnomaga binoan, Respublikamizdagi 28 ta bank va savdo nuqtalari Uzcard savdo belgisini ishlatishga haqli hisoblanadi.

Plastik kartadan foydalanishda bajarilishi darkor bo‘lgan xavfsizlik choralari:

— kartani xavfsiz joyda saqlash;

— foydalanuvchini tasdiqlash uchun yuborilgan tekshiruv kodini uchinchi shaxslarga aytmaslik;

— uchinchi shaxslarga plastik kartaning PIN-kodini aytmaslik;

— plastik kartaning fotosuratini ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etmaslik;

— eslatma tariqasida, plastik kartaning o‘zida uning PIN-kodini yozmaslik darkor.

O‘z navbatida, Uzcard barcha karta egalarini ogoh bo‘lishga hamda shubhali e’lon va guruhlar kuzatilganida huquq tartibot organlariga murojaat etishlarini so‘rab qoladi.

Pul mablag‘laringizning xavfsizligi Sizning qo‘lingizda!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq