Hindiston kompaniyasi vakili bilan uchrashuv
18.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil 18-oktabr kuni Hindiston delegatsiyasining vakili, S.C.S. PVT Ltd. kompaniyasining bosh direktori Sujit Patel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda EHTRM direktorining birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Shavkat Maksudov hamda Markazning boshqa departament va bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi.

M.Rasulov ishtirokchilarga O‘zbekistonda elektron hukumat tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, axborot tizimlari majmualarining joriy qilinishi va ishlashi, shuningdek, my.gov.uz, meningfikrim.uz, regulation.gov.uz portallari haqida so‘zlab berdi.

Mehmon «Aqlli shaharni joriy etish» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Mehmon ta’kidlaganidek, «aqlli shahar» yaratishdan maqsad xizmatlarning samaradorligini oshirish va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish uchun texnologiyalar yordamida hayot sifatini yaxshilashdir.

Аqlli lampalar, aqlli avtomobil to‘xtash joylari, turli aqlli datchiklar, kameralar kabi kelajakning “aqlli” texnologiyalari davlatga shahar infratuzilmasi bilan bevosita muloqot qilish, unda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatish, uning qanday rivojlanayotganini kuzatish va hayot sifatini qanday oshirish mumkinligi bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Masalan, aqlli avtomobil to‘xtash joylarini yaratish uchun HD sifatli kameralar va Wi-Fi diapazonini kengaytiruvchi uskunalar o‘rnatiladi. Ma’lumotlar Wi-Fi routerga uzatiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida, mashinalar qo‘yish uchun bo‘sh joylar aniqlanadi va u mobil ilovaga uzatiladi.

“Aqlli” yoritish – bu energiya samaradorligini oshiradigan yoritish texnologiyasi. Ular kunduzgi yorug‘likka moslashadigan yuqori samarali yoritgichlar bo‘lib, avtomatik tarzda boshqariladi.

«Aslida, Smart City — bu individual tushuncha. Uning aniq konsepsiyasi yo‘q. Smart komponentlarni joriy etish bilan shahar yanada texnologik bo‘lib boraveradi», — deydi Sujit Patel.

Shuni ta’kidlash kerakki, S.C.S. xavfsizlikni ta’minlash, nazorat qilish, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish, ichki va xalqaro bozorlarda aqlli yechimlar sohasida AKTni joriy etishga yo‘naltirilgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq