Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi oʻtkaziladi
17.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari tashabbusi bilan yurtimizda shu yilning 18-19 oktyabr kunlari birinchi marotaba «Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi» oʻtkazilmoqda.

Unda ikki davlat prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Taʼlim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80dan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

«Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi»da Oʻzbekiston va Rossiya oliy taʼlim muassasalari rektorlari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishadi.

«Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi» yakunlari boʻyicha:

– Oʻzbekistonda Rossiyaning nufuzli OTMlari filiallarini tashkil etish;

– akademik tayyorgarlik boʻyicha hamkorlikni kengaytirish;

– birgalikda ilmiy va innovatsion forumlarni oʻtkazish;

– ilmiy-tadqiqot boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;

– qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish;

– oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida axborot almashinuvini oʻrnatish;

– hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq