Esports Uzbekistan & Alibaba Groups
17.10.2018
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi hamda Alibaba Groups (Alisports) kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvga erishildi.

Ushbu hamkorlik doirasida WESG turniri uchun tarixda ilk bor O‘zbekistonda ham saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Sovrin jamg‘armasi 5 500 000 $ (AQSh dollari)ga teng bo‘lgan ushbu Turnirning saralash o‘yinlariga 20-oktabrdan boshlab start beriladi.

O‘zbek kibersportida bunday katta kelishuv hali ro‘y bermagan edi. Shunday katta tashkilot bilan shartnomaga erishishda Esports Uzbekistan’ning avvalgi yutuqlari katta rol o‘ynaganini ta’kidlab o‘tish joiz. Esports Uzbekistan’ning AESF (Osiyo elektron sport Federatsiyasi)ga a’zo bo‘lishi, Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbek kibersportchilarining ishtirok etishi, kibersportning O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy sport turlari reyestridan o‘rin olishi Federatsiyaning xalqaro imijini anchagina yaxshiladi. Bunday yutuqlarga va kelishuvlarga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasining xizmatlari katta. Aynan ular tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlar tufayli Esports Uzbekistan o‘zining xalqaro arenalar uchun ilk qadamini tashladi.

Oldinda Siz-u bizni katta turnir va kibersport festivallari kutmoqda, barcha yangiliklarni rasmiy saytimizda (https://esports.uz/), shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarimizdagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq