MUIC rezidentlari “Birinchi OFD” kompaniyasining ofisiga tashrif buyurishdi
12.10.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

MUIC tashabbusiga koʻra «Rezident huzurida mehmonda» anʼanaviy dasturi doirasida professional IT-jamoatchilikni yaratishga qaratilgan innovatsion markaz rezidentlarining ikkinchi netvorking-uchrashuvi oʻtkazildi. Mahalliy bozorda moliyaviy maʼlumotlar operatori sifatida ishlayotgan «Birinchi OFD» kompaniyasining ofisi tadbir oʻtkazish joyi boʻldi.

“Birinchi OFD” faoliyati bilan rezidentlarni loyiha menejeri Andrey Ko tanishtirdi. U shartli ravishda ikki: ishlab chiqarish va dasturiy qismga ajratish mumkin boʻlgan ofis boʻyicha ekskursiya oʻtkazdi.

Birinchisi Android bazasida smart-kassalar tayyorlanadigan texnikaviy laboratoriyani oʻzida namoyon qiladi. Moslamani ishlab chiqishga besh yil sarf boʻldi. Bugungi kunda xalqaro u sertifikatlarga ega va seriyaviy ishlab chiqarishga tayyor.

Moslama koʻp funksionaldir. U onlayn nazorat-kassa mashinasi, bank terminali sifatida ishlatilishi mumkin – apparat Uzcard (integratsiya qilish zarur), Visa, Mastercard kartalarini qabul qila oladi. Haydovchilik guvohnomalarini tekshirish va- daktiloskopik skanerning qoʻshimcha modulini oʻrnatganda – barmoq izi boʻyicha shaxsni identifikatsiya qilishga mos tushadi. Moslamaga turli xil ilovalarni oʻrnatish, qoʻshimcha servislarni integratsiya qilish imkoni ham borki, ular yordamida taksini chaqirish, omborxona hisob-kitobi, sotuvlar boʻyicha tahlilni olib borishni amalga oshirish mumkin boʻladi.

Ofisning dasturiy qismi – IT-mutaxassislarining ish joyi. Hozirda ular shtatda 15 nafar. Loyiha toʻliq ishga tushgandan keyin u 50 nafar dasturchilargacha kengaytiriladi.

— Kompaniyaning asosiy ishlanmasi – “UZOFD” moliyaviy maʼlumotlar operatorining apparat-dasturiy majmuasi, — deydi Andrey Ko. – Bu onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllaydigan soliq idoralari va tadbirkorlar oʻrtasidagi oʻziga xos koʻprik. “UZOFD” loyihasini majmuaviy amalga oshirilishi maʼlumotlarning chuqur tahlilini oʻtkazish, vaziyatlar rivojlanishining ssenariylarini qurish, halol ishlamaydigan tadbirkorlarning manzilli tekshiruvi boʻyicha axborotni taqdim etish imkonini beradi. Tizim boshqaruv hisobotlarini topshirish imkonini yaratadi, mijozlarning talabnomasiga koʻra buxgalterlik dasturlari bilan integratsiya qilish imkoni mavjud. “UZOFD” oddiy xaridorga ham servisni taqdim etishga qaratilgan. Uning yordamida olingan chekni tekshirish, manzilni bilib olish, savdo nuqtasining manzili, nomi va kontaktlarini bilib olish, savdo nuqtasi qonuniy ishlayotgani yoki yoʻqligi, shuningdek chekdagi har pozitsiya (tovar qachon va kim tomonidan olib kelingan/ishlab chiqarilgan va hokazo)ni tekshirish mumkin. Yana bir afzalligi -yoʻqolgan chekni chop etish yoki oʻz e-mailiga joʻnatish imkoniyatidir.

Davra stoli atrofida rezidentlar mahalliy bozorda oʻz ishlanmalarini targʻib qilishda duch kelayotgan muammolarni muhokama qilishdi. Andrey Ko meʼyoriy-huquqiy bazaning yoʻqligi onlayn-kassa ishlab chiqarilishini toʻliq quvvatga olib chiqishga imkon bermayotganligini gapirib berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi timsolidagi tartibga soluvchi tomonidan respublikadagi onlayn-kassalar tizimining aniq va oshkora taʼrifi yoʻq. Xuddi shu narsa moliyaviy maʼlumotlar bazasiga ham tegishli. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3300-sonli, 3673-sonli, 3802-sonli qarorlari (ularning bari u yoki bu maʼnoda onlayn-kassalar tizimiga tegishli)ni amalga oshirish topshirilgan muassasalar, mutaxassisning fikriga koʻra, ishlanmalar mualliflari va ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa bogʻlashga shoshilishmayapti.

— Bunday vaziyatda oʻz manfaatlarini himoya qilish juda ham murakkab, biznesni rivojlantirishga esa ragʻbat yoʻqolib boradi, — oʻz soʻzini yakunladi spetsialist.

Uchrashuv yakunida qatnashchilar bir-birlarining kontaktlari bilan almashinib olishdi va bir-birlariga zarur koʻmakni berishga tayyorliklarini bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq