«Beeline» 5G tarmog‘ining ilk ommaviy sinovini o’tkazdi
11.10.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

«Mobicon-2018» mobil konferentsiyasi doirasida telekommunikatsiya bozorining yetakchisi «Beeline Uzbekistan» beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘ining (5G) ilk ommaviy sinovini o’tkazdi. Yangi texnologiyaning ishga tushirilishi “Huawei” uskunasida amalga oshirildi.

Avvalgi texnologiyalar bilan solishtirilganda, istiqbolli aloqa standarti M2M va IOT ehtiyojlarini ta’minlaydigan yuzlab Mbp/s ma’lumotlarni uzatish tezligini hamda millionlab qurilmalar uchun bir vaqtning o’zida yuqori tezlikni ta’minlaydi.

“Kelgusi yil biz mobil Internetning sifatini yaxshilashga va tezlikning yuqori ko‘rsatgichlariga erishishga e’tibor qaratgan holda, innovatsion telekom-operator bo’lishdek o’zimiz uchun yuqori talabli vazifa qo’yganmiz. Yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish, eng avvalo mijozlarga eng yaxshi raqamli xizmatlarni taqdim etish istagi bilan bog’liq. Ehtimol, endi texnologiya va bizning prognozlarimiz biroz futuristik ko’rinishga ega bo’lar, yangi 5G-ekotizimni shakllantirish uchun vaqt talab qilinadi va texnologik jihatdan yangicha va ilg’or xizmatlarni joriy etishga tayyor bo’lishimiz kerak”, voqeani sharhladi “Beeline Uzbekistan” bosh direktori Dmitriy Shukov.

“5G — Internetning kelajagini qo’llab-quvvatlovchi mobil keng tarmoqli yangi zamonaviy texnologiyadir. Bu 4G tarmoqlari evolyutsiyasi, shuningdek raqamli jamiyatning «asab tizimi» va AKT sohasidagi raqamli iqtisodiyotdagi tubdan o‘zgarishdir. Huawei 5G infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha yetakchi kompaniyalardan biri sifatida, kelajakda mobil aloqa operatorlari yuqori tarmoqli kengligi, xavfsizlikni yaxshilash, yangi texnologik imkoniyatlar, yangi spektr, ilg’or sanoat o’sishi va ish aloqalarini yaxshilash kabi bir qator afzalliklarga ega bo’lishiga ishonchi komil. Biz ushbu sinovni O’zbekistondagi uzoq va ishonchli hamkorimiz «Beeline» konpaniyasi bilan o’tkazishimizdan xursandmiz va kelajakda biz birgalikda eng yuqori natijalarga erishishimizga umid qilamiz” – dedi Van Pen, O‘zbekistondagi “Huawei” kompaniyasining direktori.

Sinovlar doirasida barcha konferentsiya qatnashchilari “Huawei” flagman smartfonlarida mobil Internetning yangi tezliklarini shaxsan sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq