Vazir “Veon Group” bosh amaliy direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi
10.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov “Veon Group” kompaniyasining bosh amaliy direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar “Beeline” kompaniyasining Oʻzbekiston mobil aloqa bozorida yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokiga doir muvaffaqiyatli ish tajribasini qayd etdilar.

Suhbatda zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish, xususan, toʻrtinchi avlod tarmogʻini kengaytirish boʻyicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda telekommunikatsiya taraqqiyotining yuqori darajasini qayd etgan holda, “Veon” rahbari zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish boʻyicha investitsiya dasturini yanada kengaytirish niyatida ekanligini bildirdi.

“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ (Beeline savdo belgisi) “VEON Ltd.” kompaniyalari guruhiga kiradi. Ushbu kompaniya 235 milliondan ortiq abonentga xizmat koʻrsatuvchi global aloqa provayderi hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq