Toshkentda o‘tkaziladigan Mobicon 2018 konferensiyasida Viktor Yeliseyev ishtirok etadi
10.10.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

11-oktabrda, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2018 mobil konferensiyasi doirasida Select Communication Group‘ning (Qozog‘iston) boshqaruv hamkori Viktor Yeliseyev ishtirok etadi. Viktorning chiqishi soat 10:05 ga belgilangan bo‘lib, spiker mavzusi – «Internet-marketingda sotishning avto-voronkasini tashkil qilish» haqida bo‘ladi.

Viktor Yeliseyev – marketing, media va PR sohasida 20 yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis. SBS Swiss Business School (Tsyurix) biznes boshqaruvi doktori, Select Communication Group rahbari. Media-menejer, tele-prodyusser hamda «O‘z noming yordamida qanday pul ishlasa bo‘ladi» kitobining muallifi.

Konferensiya ochilish marosimi 11-oktyabr kuni soat 09:30 da boshlanib, soat 17:00 da homiylar tomonidan o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar bilan yakunlanadi.

Konferensiya eshiklari 08:30 dan ochilib, birinchi tashrif buyuruvchi mehmonlarni Mobicon 2018 ning bosh homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi tomonidan qiziqarli internet-sovg‘alar kutmoqda.

Ishtiroki rejalashtirilgan spikerlarning to‘liq ro‘yxati bilan konferensiya rasmiy sayti – Mobicon.uz‘da tanishish mumkin.

Tadbir tashkilotchisi – Ledokol Group media agentligi bo‘lib, u Mobicon‘dan tashqari, 2011-yildan USENET internet-konferensiyasi tashkilotchisi hisoblanadi. Bosh axborot hamkori – O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (MTRK).

Konferensiya homiylari: CLICK to‘lov tizimi, MacCoffee savdo belgisiga tegishli Cafe’ PHO va rasmiy mobil homiy – MEIZU kompaniyasi. Tashkilot IT hamkori –WebNow kompaniyasi, Event-hamkor – Unique Present, SMM-ko‘mak – Africa agentligi. Bu yilgi konferensiya ham paralel tarzda, ikkita anjuman zalida o‘tkazilib, tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan spikerlarni tanlab, ularni tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq