«Panasonic» “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlarini koʻngilochar texnologiyalar bilan taʼminlaydi
10.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Panasonic Avionics Corporation” (PAС) “X Series IFEC“ tizimini 2019-yilning yanvarida milliy aviatashuvchi parkini to‘ldiruvchi ikkita ”Airbus A320Neo» samolyotlari bortiga oʻrnatadi.

Shuningdek, ushbu xizmat aviakompaniya hozirda ekspluatatsiya qilayotgan uchta “Boeing 787-8” samolyotlariga ham joriy etiladi.

Kompaniya samolyotlarning har bir oʻrindigʻini “Multi-Touch HD” ekrani va USB-quvvat uskunasi bilan jihozlaydi. Barcha oʻrnatish ishlari “Uzbekistan Airways Technics” aviataʼmirlash korxonasi negizida bajariladi.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining barcha yangi samolyotlarida “Wi-Fi” xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Internet tezligi 20 barobar oshiriladi.

Drimlayner yo‘lovchilarida parvoz vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanish hamda “CNN International”, “Euronews”, “BBC World News” kabi xorijiy telekanallarni toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilish imkoniyati paydo boʻladi.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari“ azaliy va qadrli mijozimiz hisoblanadi, — deydi ”Panasonic Avionic Corporation“ ijrochi direktori Hideo Nakano. — Biz ular bilan samolyotlarni bu kabi dasturlar bilan jihozlash boʻyicha hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz”.

Bugun “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi floti xorijda ishlab chiqarilgan Boeing 757/767 va 787 “Dreamliner”, Airbus A320 va yuk tashuvchi Boeing 767-300BCF havo laynerlaridan iborat.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq