Hikvision kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
10.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

9-oktabr kuni “Hangzhou Hikvision Technology Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yangjon Xu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ushbu xorijiy kompaniyaning ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar loyiha bilan bogʻliq masalalarni birgalikda oʻrganishga kelishib oldilar. Bu esa “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda konseptual yondashuvlarni aniqlashda foydali boʻlishi mumkin.

Hikvision kompaniyasi “Xavfsiz shahar” loyihalarini amalga oshirish va videokuzatuv tizimlari sohasidagi texnologiyalarni joriy qilishda katta tajribaga ega. Bunga Seul, Shanxay, Nyu-York, Ukraina, Belorus va Singapurdagi 100 mingdan ortiq IP-kameradan iborat “Xavfsiz shaharlar”ni misol keltirish mumkin. Hikvision mahsulotlari jahonning 150 dan ortiq mamlakatlarida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq