Diqqat – zararlovchi dasturlar
10.10.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

Axborot xavfsizligi hodisalariga chora koʻrish xizmati (UZCERT) Android qurilmalar uchun (*.apk) ommabop messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar (VK, Facebook, Odnoklassniki, Telegram, Whatsapp va boshqalar) guruhlari va kanallari orqali zararlovchi ilovalar tarqatilishi holatlari koʻpaygani haqida maʼlum qiladi.

Mazkur zararlovchi dasturlar Androidoperatsion tizimidagi mobil qurilmalar ishini mobil qurilmani boshqarish imkoniyatidan foydalanishga toʻsqinlik qilish yoʻli orqali bloklashga moʻljallangan. Blokdan chiqarish faqat muayyan kod (parol) kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.

Zararlovchi dasturlar gʻarazgoʻylar tomonidan ushbu dastur tomonidan bloklangan, bloklanish ekranida koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga mablagʻlar oʻtkazilganidan soʻng, blokdan chiqarish kodini koʻrsatish orqali mobil qurilmalar foydalanuvchilaridan pul mablagʻlarini tovlamachilik yoʻli bilan olib qoʻyish maqsadida foydalaniladi.

UZCERT tavsiyalari

Mobil qurilmadan xavfsiz foydalanish maqsadida nomaʼlum manbalardan keluvchi dasturiy taʼminotlarni oʻrnatmaslikni maslahat beramiz. Shuningdek, mobil qurilmaga antivirus dasturiy taʼminotini oʻrnatish zarur va antivirus bazalarining dolzarbligini kuzatib borish talab etiladi.

Bu kabi hodisalar aniqlagan holatlarda Xizmat mutaxassislariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz: (95) 170-98-97 yoki e-mail: info@uzcert.uz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq