9-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha loyiha ishga tushirildi
10.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“MyWay Proforientation” kompaniyasi kasb-hunarga yoʻnaltirish va rivojlantirish markazi XTV koʻmagida Toshkent shahridagi 9-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha tajriba loyihasini ishga tushirdi.

“MyWay Proforientation” kompaniyasi kasb-hunarga yoʻnaltirish va rivojlantirish markazi XTV koʻmagida Toshkent shahridagi 9-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha tajriba loyihasini ishga tushirdi.

“MyWay Proforientation” kasb-hunarga yoʻnaltirish va rivojlantirish markazi Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha tajriba loyihasini ishga tushirdi, u orqali umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari ongli ravishda, kelajakda qanday kasbni tanlashlari kerakligini bilib oladilar.

Amaliyotning koʻrsatishicha, aksariyat hollarda oʻsmirlarning ota-onalari farzandlarining qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olmasdan, ularning kelajakda qanday kasb egasi boʻlishini hal qiladilar. Natijada bitiruvchilarning aksariyati oʻz vaqti va mablagʻlarini sarflab, baribir, kelajakda ishlamaydigan, ishlasalar ham zavqlanib foaliyat yurita olmaydigan mutaxassislikni egallaydilar.

Kasb-hunarga yoʻnaltirilgan loyiha oʻquvchilarga shaxsiy xususiyatlarini, qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi hamda mazkur maʼlumotlarga tayanib, ularning shaxsiy imkoniyatlariga mos keluvchi kasbni tanlash imkonini beradi. “MyWay Proforientation” kompaniyasi Moskva davlat universitetining (Rossiya) “Gumanitar texnologiyalar” Test markazining rasmiy hamkori va “Proforiyentator”, “Profmaster”, “Profnavigator” va boshqa dasturlardan foydalanish boʻyicha eksklyuziv huquqqa ega boʻlib, Toshkentdagi beshta maktabda 9-sinf oʻquvchilarini test sinovlaridan oʻtkazadi.

Maktab oʻquvchilari “Proforiyentator” dasturidagi “Shaxs va kasb” blokining maxsus testidan oʻtadilar, bu bolalarning individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Olingan maʼlumotlarga asoslanib, “MyWay Proforientation” kompaniyasi mutaxassislari bolalar bilan guruhlarda suhbatlar oʻtkazadilar, kelajakda qanday kasb tanlash boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishadi va oʻgʻil-qizlarning savollariga javob beradilar.

“Bolalar uchun sifatli taʼlimni taqdim etish bizning asosiy vazifalarimizdan biridir. Shu bilan birga, biz ham bolalarni kasb tanlashga tayyorlashimiz kerak. Ishonchim komilki, mazkur loyiha oʻquvchilarga oʻzlarini yaxshiroq bilib, toʻgʻri kasb tanlashlariga yordam beradi, shuningdek, universitetlarning kirish imtihonlariga maqsadga muvofiq ravishda tayyorgarlik koʻrishga imkon beradi”— dedi, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sarvar Babaxodjayev.

“MyWay Proforientation” MCHJ direktori Vyacheslav Kan ham bu boradagi olib borilayotgan loyihalar toʻgʻrisida quyidagi firlarga alohida toʻxtalib oʻtdi: — “Taʼlim sohasidagi islohotlarga alohida eʼtibor berib kelayotganidan xursandmiz, chunki busiz Oʻzbekiston xalqining farovonligi va iqtisodiy oʻsishiga erishish mumkin emas. Mazkur loyihada Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda kompaniyamiz yordamida koʻplab bolalarga kelajakda qanday kasbni egallashlari lozimligi haqida tavsiyalar beriladi. Asosiy maqsadimiz esa insonlarga sevgan kasblariga erishish yoʻlini koʻrsatib berishda yordam berib, Oʻzbekistonning rivojlanishiga koʻmaklashish vazifasini amalga oshirishdan iboratdir. Ishonamanki, qanchalik koʻproq insonlar oʻz ishidan zavqlanib ishlasa, ular buni yanada samarali amalga oshiradilar, Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi yanada tezlashadi!”.

Qayd etish lozimki, dastlabki bosqichda loyiha poytaxtdagi beshta maktabni qamrab oladi. Kelgusida Xalq taʼlimi vazirligi va “MyWay Proforientation” kompaniyasi poytaxtdagi barcha maktablarni qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq