Yandex reklama uchun to‘lovlarni UzCard kartalaridan qabul qila boshladi
09.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yandex.Direkt O‘zbekistonda milliy to‘lov tizimi — UzCard kartalarini qabul qila boshladi. Endi o‘zbekistonlik reklama beruvchilar reklama kampaniyalarini mamlakatdagi eng ommabop kartalar bilan to‘lashlari mumkin.
UzCard kartalari bilan o‘zbek so‘mida pul o‘tkazish mumkin: Direkt foydalanuvchi tanlagan valyutada (dollar, yevro yoki rubl) hisob qo‘yadi, keyin O‘zbekiston MB kursi bo‘yicha so‘mda o‘tkazadi. Pul bir lahzada va vositachilik haqisiz o‘tkaziladi, shuning uchun foydalanuvchilar hech narsa yo‘qotmaydilar. Protsessing jarayonini Upay kompaniyasi ta’minlaydi, Direkt bilan UzCard texnik integratsiyasi bilan Payture protsessing markazi shug‘ullandi. Hozirgacha reklama beruvchilar reklamani faqat Visa yoki MasterCard kartalari bilan yoki banklar vositachilik haqi evaziga amalga oshiradigan valyuta o‘tkazmalari yordamida to‘lashlari mumkin edi.
«Biz O‘zbekistonlik reklama beruvchilar tomonidan Direkt xizmatiga bo‘lgan katta qiziqishni ko‘ryapmiz va hamkorlarimiz uchun imkoniyatlarni kengaytirishga intilamiz. UzCard kartalaridan 19 milliondan ortiq kishi, ya’ni O‘zbekistonning to‘lov qobiliyatiga ega aholisining asosiy qismi foydalanadi. Odamlar ular bilan saytlar, oziq-ovqat do‘konlari va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lovni amalga oshiradilar. Reklama beruvchilar kampaniyalarini to‘lashlari osonroq va qulayroq bo‘lishi uchun biz hisob-kitoblarning bu usulini Direkt xizmatiga ham qo‘shdik», — deydi «Yandex» kompaniyasi kichik va o‘rta biznesga sotuvlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sergey Gershteyn.
«Yandex kompaniyasi Direkt foydasiga to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha bizni hamkor sifatida tanlaganidan xursandmiz. Dijital-reklamani o‘zbek so‘mida to‘lash imkoniyati tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilariga tashqi bozordagi savdoning yangi darajasiga chiqish va ichki bozorda yangi xaridorlar topishga yordam beradi, deb umid qilamiz», — deydi Upay servisining egasi bo‘lgan «Marokand» kompaniyasining bosh direktori Bexzod Botirov.
Manba: kompaniya press-relizi