Uzcard jamoat transportida zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini ishlab chiqmoqda
09.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona umumrespublika protsessing markazi «BPC Group» xalqaro xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda ABT (account based ticketing) texnologiyalari asosida “STS”- «Smart Ticketing Solution» dasturiy-ta’minot majmuini ishlab chiqdi.

ABT – hozirgi vaqtda foydalanuvchining shaxsiy hisob-raqamiga asoslangan, jamoat transportida amalga oshiriladigan zamonaviy to‘lov tizimi hisoblanadi. Tizim orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar markaziy serverda saqlanadi. Tizim yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishda barcha zamonaviy bank kartalari (Uzcard, VISA, Mastercard, UPI, MIR) dan foydalanish imkonini beradi hamda mazkur kompleksni Uzcard protsessing markaziga integratsiya qilinishini rejalashtirilgan.

Zamonaviy to‘lov texnologiyalari, birinchi navbatda, biznes uchun xizmat ko‘rsatish tezligi juda muhim bo‘lib hisoblangan chakana savdo sohasiga kirib keldi. Shu munosabat bilan jamoat transportida amalga oshiriladigan to‘lovlarni amalga oshirish – kichik miqdordagi katta tranzaksiyalar hajmi hisobiga naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirishni joriy etishning muhim qismi bo‘lib hisoblanadi.

Yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan kontaktsiz to‘lovlar sohasida yaratilgan barcha qulayliklarni inobatga olib, tranzaksiyalarni amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va transport kompaniyalari tizimiga joriy etiladigan to‘g‘ri sxemalarini (benuqson tizimni) ishlab chiqilishiga, shuningdek, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishida inson omili ishtiroki jarayonini kamaytirishga alohida e’tibor berildi.

BPTs kompaniyasi raqamli va innovatsion yechimlar bozorida yetakchi kompaniyalardan biri sifatida, dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida o‘z mijozlari bazasiga ega bo‘lib hisoblanadi.

Kompaniya jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirishda avtomatlashtirilgan yechimlarni joriy etish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega. Sberbank bilan hamkorlik doirasida Markaziy Transport Platformasiga ulangan loyihalar ro‘yxatiga Rossiya Federatsiyasining 20 dan ortiq shaharlari kiritilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq