O‘zbekistonda fuqarolarga bepul maslahat beruvchi veb-portal yaratiladi
09.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda turli sohalar (tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya va boshqalar) bo‘yicha bepul maslahat beradigan “Advice.uz” yagona ma’lumotlar portalini yaratish ishlari boshlandi.

Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda turli sohalar (tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya va boshqalar) bo‘yicha bepul maslahat beradigan “Advice.uz” yagona ma’lumotlar portalini yaratish ishlari boshlandi.

Mazkur portalni muvaffaqiyatli ishga tushirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati va Adliya vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaning Buyuk Britaniyaning London shahriga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida Britaniyaning fuqarolarga maslahat berish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlari, xususan, 1939-yilda o‘z faoliyatini boshlagan “Citizens Advice” tarmog‘i faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

«Citizens Advice» Britaniyaning mamlakat buyicha 316 mustaqil xayriya tashkilotlari tarmog‘i hisoblanadi.

Tizim orqali ijtimoiy yordam, mehnat munosabatlari, qarzdorlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, oila, uy-joy, sud-huquq, migratsiya sog‘liqni saqlash kabi sohalarda elektron portal, telefon, elektron va Webchat kabi xizmatlar orqali hamda telefon, elektron va Webchat xizmati yordamida bepul ravishda, ma’lumot va maslahatlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, «Citizens Advice»ning Buyuk Britaniya hududida 600 dan ortiq byurosi mavjud bo‘lib, ularga aholi o‘zining muammosi bo‘yicha bepul maslahat olish uchun murojaat qilishi mumkin.

2017-2018 yillar davomida “Citizens Advice” jamoasi tomonidan 2 mln. 700 ming nafardan ortiq shaxslarga bevosita huquqiy yordam ko‘rsatilgan. Onlayn maslahat saytidagi ma’lumotlardan 43 milliondan ortiq shaxs foydalangan.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasining Fuqarolar maslahatlari byurosi milliy uyushmasi (National Association of Citizens Advice Bureaux – NACAB), mazkur uyushma bilan hamkorlik qiluvchi Buyuk Britaniya hukumatining elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha xizmati (Government Digital Services-GDS), Biznes, energetika va sanoat strategiyasi departamenti (Department for Business, Energy and Industrial Strategy) hamda Buyuk Britaniyada mustaqil maslahat xizmatlari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi AdviceUK xayriya tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar doirasida delegatsiya a’zolari va xorijiy tashkilot vakillari o‘rtasida “Advice.uz” Yagona axborot portali” loyihasini O‘zbekistonda ishga tushirish istiqbollari bo‘yicha fikrlar almashildi.

«Citizens Advice» vakillari mamlakatimiz delegatsiyasiga uyushma faoliyatiga berilgan yuksak baho uchun o‘z minnatdorchiligini izhor qildi hamda mazkur loyihani amalga oshirishda kerakli bo‘lgan barcha axborot resurslarini taqdim etish, ekspert yordamini ko‘rsatish orqali Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Government Digital Services vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda axborot texnologiyalari, xususan, mazkur portalning veb-platformasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilishga qaror qilindi. Tomonlar O‘zbekiston delegatsiyasining kelgusi tashrifida Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishishdi.

Bepul maslahat beruvchi veb-portalning yaratilishi fuqarolarning arzimagan masalalar bo‘yicha turli idoralarga murojaat qilishini keskin kamaytirishi bilan birgalikda, kundalik hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan turli muammoli masalalarning qonuniy yechimi topilishini ta’minlaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq