O‘zbekistonda 3D multseriali ishlandi
09.10.2018
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

“DIP Animation” animatsion studiyasi Milliy TV buyurtmasi asosida Pomidor Doppi haqida multiplikatsion serial olishni boshladi.

Pomidor Doppi – bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli multserial bo‘lib, uning bosh qahramoni quvnoq pomidor Doppi. Avvalroq tarmoqlarda bu qahramon ishtirokidagi rolik joylashtirilgandi, u bir necha million marta ko‘rildi va O‘zbekistondagi eng taniqli multqahramonga aylandi.

Pomidor – doim kulguli vaziyatlarga tushadigan quvnoq va moslashuvchan qahramon. Vaziyatning g‘aroyib va hazil aralashuvi uni tanlagan yo‘lidan qaytara olmaydi. Multserial mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, tomoshabinlar uning dinozavr bilan qanday kurashishiga, kosmosga sayohat qilishiga va Samarqandning behisob xazinalarini topishiga guvoh bo‘ladilar.
Multserialning ilk mavsumi 10 qismdan iborat. U «Milliy» telekanali orqali efirga uzatiladi. Mulserial namoyishi 2018-yil oktabr oyidan boshlanadi.

Video: https://mover.uz/watch/vtiKAyE

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq