Mobicon 2018 konferensiyasida ilk marotaba Veon Group bosh ijrochi direktori Shell Morten Yonsen ishtirok etadi
09.10.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

11-oktabrda, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2018 mobil konferensiyasi doirasida Veon Group bosh ijrochi direktori Shell Morten Yonsen ishtirok etadi. Veon Group – MDH, Osiyo va Afrika mamlakatlarida telekommunikatsion aktivlariga ega bo‘lgan yirik xolding kompaniyasi hisoblanadi.

Shell Morten Yonsen bundan avval – 2016-yildan 2018-yilgacha Rossiyaning «ВымпeлКом» kompaniyasi bosh direktori lavozimida ishlagan. Shu yil iyul oyidan boshlab esa VEON Group’ning bosh operatsion direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. VEON Ltd kompaniyasi O‘zbekistonda Unitel hamda OOO Buzton (TM Beeline) kompaniyalariga egalik qiladi.

«O‘zbekiston iqtisodiyoti investitsiyalar uchun ochilmoqda. 4G katta shaharlardan chiqib, hududlarga kirib borayotganini ham ko‘ryapmiz. Bu albatta, internet tezligi hamda sifati bilan bog‘liq. Shuningdek, biz, iqtisodiyotning xalqaro munosabatlar bilan integratsiyalashyayotganini, xalqaro savdo munosabatlari va yangi yo‘nalishlari rivojlanayotganini kuzatmoqdamiz. Bundan tashqari, raqamli iqtisod transformatsiyasiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz», – deb qayd etdi Shell Morten Yonsen. Shellning O‘zbekistondagi istiqbolli rejalari haqida fikrlarini bilishni istasangiz, Mobicon 2018 konferensiyasiga tashrif buyuring.

Mobicon 2018 konferensiyasiga tashrif buyurish uchun konferensiya rasmiy Telegram-kanalidа ro‘yxatdan o‘tish lozim. Tadbir boshlanishidan bir necha kun oldin konferensiyaga kirishda taqdim etiladigan elektron taklifnoma kanalda joylanadi.

Konferensiya ochilish marosimi 11-oktabr kuni soat 09:30 da boshlanib, soat 17:00 da homiylar tomonidan o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar bilan yakunlanadi. Konferensiya eshiklari 08:30 dan ochilib, birinchi tashrif buyuruvchi mehmonlarni Mobicon 2018 ning bosh homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi tomonidan qiziqarli internet-sovg‘alari kutmoqdа.

Tadbir tashkilotchisi – Ledokol Group media agentligi bo‘lib, u Mobicon‘dan tashqari, 2011- yildan USENET internet-konferensiyasi tashkilotchisi hisoblanadi. Konferensiya bosh homiysi – Beeline Uzbekistan. Bosh axborot hamkori – NTRK. Konferensiya homiylari: CLICK to‘lov tizimi, MacCoffee savdo belgisiga tegili Cafe’ PHO va rasmiy mobil homiy – MEIZU kompaniyasi. Tashkilot AT hamkori –WebNow kompaniyasi, Event-hamkor – Unique Present, SMM-ko‘mak – Africa agentligi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq