Jamoatchilik nazorati uchun jamoatfikri.uz portali ishga tushiriladi
09.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Endi davlat organlarining majlis va yig‘ilishlari elektron ro‘yxatga olinadi.
Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyatlar — bularning barchasi «Ijro.gov.uz» — idoralararo yagona elektron tizimiga ulandi.
Tizim Prezidentning hujjatlari va topshiriqlari nazorat qilib borish imkonini beradi. Kelasi yilning boshidan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yig‘ilishlar faqatgina «Ijro.gov.uz»ga qaydlar kiritilganidan so‘nggina o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi.
Bu Prezidentimizning «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2019-yilning boshidan YaIDXP doirasida «Jamoatfikri.uz» portali ishga tushirilishi rejaga kiritildi. U aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat NNT tomonidan Prezident hujjatlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mo‘ljallangan.