O‘zbekistonda saylov jarayonlariga axborot texnologiyalari joriy etiladi
05.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Saylov jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini joriy etishga qaratilgan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yaratish hamda uni shakllantirish va undan foydalanishda doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Eng avvalo, fuqarolar — saylovchilarning doimiy va vaqtinchalik yashash manzillarining yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan. Chunki bunday bazaning mavjud emasligi bir saylovchining bir vaqtning o‘zida bir nechta ro‘yxatlarga kiritilishiga olib kelmoqda va “bir saylovchi – bir ovoz” prinsipiga to‘liq rioya qilinishining ta’minlanishiga xalal bermoqda.

Shuningdek, qarorda aytilishicha:

— O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrining “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvi ta’minlanadi.

— Saylov uchastkasini aniqlashtirish va uni o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimining “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvi ta’minlanadi.

Bu boradagi barcha kerakli ma’lumotlarni to‘plash jaryoni 2019-yil 1-aprelda yakunlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq