Mobicon 2018 konferensiyasida mashhur o‘zbek blogerlari ishtirok etadi
05.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

11-oktabrda bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2018 mobil konferensiyasi doirasida o‘zbekistonlik mashhur bloger hamda vaynerlar ishtirok etadi.

O‘zbekistonda mualliflik bloglari yildan-yilga oshib bormoqda. 2014-yildan boshlab esa, bloger tushunchasi qonunda aniq qilib belgilab qo‘yildi. Bugungi kunda ayrim blog-loyihalaridagi umumiy obunachilar soni 100 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.

O‘tkaziladigan Mobicon 2018 konferensiyasida rekord darajada quyidagi – 6 nafar bloger ishtirok etadi:

— Umid Gafurov – Socio.uz i Troll.uz asoschisi. Spiker mavzusi: «Chiroq, telefon, motor!». Qanday qilib, pulsiz o‘z videoblogingizni boshlashingiz mumkin?;

— Mirahad Egamediyev hamda Timur Amanshikov – Poxer TV loyihasining mualliflari. Spiker mavzusi: «Ingliz tilida mashhur vaynlarni qanday qilib olish mumkin?»;

— Sardor Babayev – NEVKURSE hamda IN DA XAUS internet-loyihalarining muallifi. Spiker mavzusi: «Nima uchun O‘zbekistonda videobloging o‘lib ketadi?»;

— Feruzxan Yakubxodjayev – «Grajdanin Gorojanin» i «Filologiya» videobloglarining mualifi. Spiker mavzusi: «Omma ichida turib, fikrlash nega kerak? Blogingdagi ijtimoiy vazifalar»;

— Sardor Alimov – Sainstablog kanalining muallifi. Spiker mavzusi: «Qanday qilib, Toshkentda mashhur YouTube’chi bo‘lish mumkin?»;

— Rustam Mahamadjanov – ROCKET agentligining asoschisi hamda boshqaruvchisi, #XOROSh vlogi’ning muallifi. Spiker mavzusi: — «Qanday qilib #XOROSHIY hamda serdaromad vlog qilish mumkin?».

O‘zbekistonlik blogerlardan tashqari, Mobicon 2018’da ilk marotaba Genesis YouTube Qazaqstan&Central Asia rahbari – Samson Bezmyatejniy ishtirok etadi. Samson Bezmyatejniy YouTube‘ning Qozog‘iston, O‘rta Osiyo va dunyo mamlakatlarida rivojlanishi, sohadagi so‘nggi trendlar hamda ushbu videoservisda o‘z kanalingizni rivojlantirishdagi qanday sirlar borligi haqida aytib beradi.

Spikerlarining batafsil ro‘yxati bilan konferensiyaning rasmiy sayti – Mobicon.uz’da tanishishingiz mumkin.
Konferensiyaning ochilish marosimi 11-oktabr kuni soat 09:30 da boshlanib, soat 17:00 da homiylar tomonidan o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar bilan yakunlanadi.

Konferensiya eshiklari 08:30 dan ochilib, birinchi tashrif buyuruvchi mehmonlarni Mobicon 2018 ning bosh homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi tomonidan qiziqarli internet-sovg‘alar kutmoqda.

Mobicon 2018 konferensiyasiga tashrif buyurish uchun konferensiya rasmiy Telegram-kanalida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Tadbir boshlanishidan bir necha kun oldin konferensiyaga kirishda taqdim etiladigan elektron taklifnoma kanalda joylanadi.

Tadbir tashkilotchisi – Ledokol Group media agentligi bo‘lib, u Mobicon‘dan tashqari, 2011- yildan USENET internet-konferensiyasi tashkilotchisi hisoblanadi. Konferensiya bosh homiysi – Beeline Uzbekistan. Bosh axborot hamkori – NTRK. Konferensiya homiylari: CLICK to‘lov tizimi, MacCoffee savdo belgisiga tegishli Cafe’ PHO va rasmiy mobil homiy – MEIZU kompaniyasi. Tashkilot AT hamkori – WebNow kompaniyasi, Event-hamkor – Unique Present, SMM-ko‘mak – Africa agenligi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq