Toshkentda vaqtinchalik ro‘yxatdan onlayn o‘tish imkoniyatlari
04.10.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida vaqtinchalik propiska qilish usullari (onlayn va offlayn) haqida maqola tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar-joyi bo‘yicha hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi VMQ-41-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Toshkent shahrida vaqtincha propiska qilish muddati 5 kundan 6 oygacha.

Maqolada qayd etilishicha, IIV statistikasiga asosan yiliga 500 000dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Toshkent shahrida vaqtinchalik propiskani rasmiylashtiradilar.

Shuningdek, maqolada Toshkent shahrida propiska qilishga ariza topshirishning an’anaviy va elektron usuli haqida ma’lumot berilgan. An’anaviy va elektron usulda ariza topshirishning barcha bosqichlari keltirib o‘tilgan.

Maqola bilan tanishish uchun havola:

http://www.egovernment.uz/uz/press_center/publication/toshkentda-va-tinchalik-r-ykhatdan-tish/

Eslatib o‘tamiz, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron davlat xizmatlaridan foydalanishingiz uchun OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz lozim.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq