“Elektron hukumat” markazi “Buyuk Ipak yo‘lida turizm” ko‘rgazmasida
04.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 3-oktabr kuni “O‘zekspomarkaz” MKMda Markaziy Osiyoning yirik ko‘rgazmalaridan biri 24-Toshkent Xalqaro Turizm yarmarkasi #UZTRAVELFAIR ga start berildi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Uzinfocom yagona integratori hamda BePro Dasturchilar markazi bilan birgalikda ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.

Milliy ma’naviyat, ijodkorlik salohiyati, mehmondo‘stlik kabi ezgu-qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan yarmarka #TITF_2018 O‘zbekistonning tarixiy-me’moriy boy merosi, noyob an’analari, milliy hunarmandchiligini dunyoga namoyish etadi.

#UZTRAVELFAIRda Janubiy Koreya, Tailand, Misr, Singapur, Malayziya, Ozarbayjon, Hindiston, Rossiya singari 32 mamlakatdan 50 dan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etayotgan bo‘lib, bu yili ilk marta Xitoylik vakillarning ham qatnashishi o‘zbek turizmi sohasining rivojlanib boryotganining yana bir isbotidir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq