Xarid.uz davlat xaridlari bo‘yicha elektron tizimga o‘zgartirishlar kiritildi
02.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil 27-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining PQ-3953 sonli «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qarorga muvofiq «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga quyidagilar belgilandi:

Boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha auksion o‘tkazish to‘g‘risida e’lon – uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin.

Tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon – tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida o‘n kun oldin joylashtiriladi.

Mazkur Qarorni ijro etish maqsadida “O‘zRTXB” AJ ning davlat xaridlari bo‘yicha elektron tizimi va xarid.uz maxsus axborot portaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, davlat xaridlari bo‘yicha elektron auksionni o‘tkazish muddati 10 kundan 5 kungacha, tanlov bo‘yicha e’lonni portalda joylashtirilish muddati esa 30 kundan 10 kungacha qisqartirildi.

Bundan tashqari, Qaror bilan «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuni tatbiq etilmaydigan xarid turlari hamda davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati belgilangan.

Hujjat bilan birjaning rasmiy veb-sayti uzex.uz yoki davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali xarid.uz da tanishib chiqishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq