Samarqandda ITUning “Standartlashtirishdan amaliyotga joriy etishgacha” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtmoqda
02.10.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Shu yilning 2-3 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)ning IMS bazasidagi VoLTE/ViLTE tarmoqlarini joriy etishga bagʻishlangan hududiy seminari oʻtkaziladi. Tadbir AKT vazirligi koʻmagida tashkil etilmoqda.

Ushbu seminar ITU aʼzolari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, boshqaruv organlari, vazirliklar vakillari, telekommunikatsiya operatorlari, ilmiy xodimlar, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari, dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari uchun oʻziga xos munozara maydoniga aylanadi. boʻlib oʻtdi. Seminardan IMS va VoLTE texnologiyalarini rivojlantirish sohasida tajriba almashish koʻzlangan.

Seminarda quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

— IMS platformasidan foydalangan holda 4G (VoLTE/ViLTE) qurish tamoyillari;

— IMS bazasi asosida VoLTE/ViLTE tarmoqlarini kengaytirishning asosiy muammolari;

— VoLTE/ViLTE tarmoqlararo bogʻlikligi masalalarini yechishda ENUM ning roli;

— IMS i VoLTE/ViLTE texnologiyalarini qoʻllashda normativ-huquqiy boshqaruv;

IMS bazasida VoLTE/ViLTEni joriy qilishda operatorlarning muammolarini hal qilish maqsadida xalqaro standartlashtirish yoʻnalishlarini belgilash.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq