Markaz va NIC kelishuv doirasida hamkorlik qilishadi
30.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan, 2018-yil 30-sentabr – 1-oktarbr kunlariida Hindistonga davlat tashrifini amalga oshiradi.

Ushbu muhim voqea arafasida “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi hamda Hindistonning informatika milliy markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bosqichma-bosqich faoliyatni amalga oshirmoqda.

Shunday harakatlardan biri sifatida joriy yil 28-sentabrda Hindiston Milliy informatika markazi bilan tuzilgan kelishuvni aytish mumkin. Hindistonliklar ushbu bitim doirasida O‘zbekiston elektron hukumatini rivojlantirish uchun tajriba almashish yo‘li bilan ilmiy ishlar, davlat boshqaruvini yetakchi texnologik yechimlar orqali yaxshilash borasidagi zamonaviy usullar, bilim va malakalar bilan o‘rtoqlashib, o‘z yordamlarini ko‘rsatish maqsadini izhor qildilar.

Taraflar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi:

— trendlar borasidagi bilim va mahoratlarni, eng yaxshi tajribalarni, O‘zbekiston elektron hukumatini rivojlantirishdagi yangicha fikr va qarashlarni almashish;

— davlat elektron xizmatlarini ommalashtirish maqsadidagi hamkorlik, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshiruvchi shaffoflikni ta’minlash;

— standartlashtirish bo‘yicha bilimlarni, O‘zbekiston elektron hukumati harakatidagi jarayon va taomillarni tartibga solish;

-davlat xizmatlarini elektron tarzda amalga oshirishni boshqarish jarayonidagi eng yaxshi tajribalarni o‘rganish va tatbiq etish.

Taraflar belgilangan hamkorlik rejalarini “Yo‘l xaritasi” doirasida bosqichma-bosqich amalga oshirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun: Informatika milliy markazi (NIC)ga 1976-yilda asos solingan. U elektron boshqaruv/elektron hukumat tizimining “bosh bunyodkori” hisoblanadi. NIC hukumat idoralaridagi elektron hukumat ilovalarini boshqarishda muhim vazifani bajaradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq