Davyergeodezkadastr qo‘mitasi va “Yandex” o‘rtasidagi hamkorlik
30.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davyergeodezkadastr qo‘mitasida rais o‘rinbosari Sherzod Habibullaev va “Yandex” kompaniyasining O‘zbekistondagi hududiy direktori Yevgeniy Lukyanchikov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Yandex” kompaniyasi joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonning yo‘lovchi tashish bozoriga kirib, Toshkentdagi rasmiy faoliyatini boshladi. O‘zbekiston ushbu servis yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlarning to‘qqizinchisi hisoblanadi. Yandex.Taksi – bu dispetcherga qo‘ng‘iroq qilmagan holda rasmiy taksini chaqirib, buyurtma bajarilishini xaritada kuzatish imkoniyatini beruvchi xalqaro servis.

“Yandex” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining onlayn xaritalarini tuzish uchun ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha imkoniyatlar taqdim etilishi xususida Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga murojaat qildi.

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi “Yandex” kompaniyasi bilan samarali hamkorlik qilishga tayyor va ushbu yo‘nalishdagi servis xizmatlari rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq