Toshkentda sinov rejimida «aqlli svetoforlar» o‘rnatiladi + video
29.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sinov rejimi, shahar transport infratuzilmasiga texnologiyalar joriy etish bo‘yicha boshqa masalalar doirasida, Toshkent transport departamentining Innovatsion rivojlanish vazirligi, poytaxt IIBB YHXB vakillari va ABL-SOFT mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Jamoat transportida qulayliklarni yaxshilash, avtobuslar qatnovi intervali, bepul wi-fi bo‘lgan avtobus bekatlarini qurish, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish stansiyalari, «aqlli svetoforlar»ni joriy etish ishlariga tegishli institutlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xususan, vazirlik axborot-transport tizimi asosida «aqlli svetoforlar»ni joriy etish loyihasi bo‘yicha ilk sinov rejimi — Labzak ko‘chasi bilan kesishmadan Beruniy ko‘chasi bilan kesishmaga qadar Nurafshon ko‘chasida amalga oshirishni taklif etdi.

Poytaxt hokimligi va IIBB vakillari esa, o‘z navbatida, Nurafshon ko‘chasini oxirigacha, Oqtepa aylanasigacha qamrab olishni taklif qilishdi. Bu masala yaqin kunlarda hal qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq