Singapur eksperti Limm Mey-Enn bilan uchrashuv
28.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

27-sentabrda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida (Markaz) Singapurning Osiyo bulutli hisoblashlar assotsiatsiyasi ijrochi direktori Limm Mey-Enn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov va Markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Limm Mey-Enn “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish” mavzusida taqdimot namoyish etdi. Taqdimot umumiy uchta qismga bo‘lingan:

1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi;

2. Raqamli iqtisodiyotni yaratish. Foydalanish misollari. Qiyosiy baholash: Malayziya, Tailand, Vyetnam;

3. Takliflar.

Uchrashuvning birinchi qismida Raqamli iqtisodiyot, multimodal platformalar hamda platformalarning o‘zaro aloqasi va bir-biriga mosligi haqida gapirib o‘tildi.

Tadbirning ikkinchi qismida Malayziya, Tailand va Vyetnam raqamli iqtisodiyotlari qiyosiy tahlili ko‘rib chiqildi.

So‘ngra mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o‘tishi bo‘yicha takliflar berildi va tomonlar mobil to‘lovlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, Limm Mey-Enn ta’kidlashicha, “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni samarali qilish uchun xizmat olish qadamlarining barchasini raqamlashtirish lozim”.

Eslatib o‘tamiz, Limm Mey-Enn ICTWEEK 2018 haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumida “Ma’lumotlarni muhofaza qilishning institutsional mexaniizmlari, konfidensiallik va ma’lumotlar almashish” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq