MUIC eng yaxshi biznes-gʻoyalar tanlovida ishtirok etish uchun rezidentlar orasidan nomzodlarni tanlash bilan shugʻullanadi
28.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

MUIC “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik boʻyicha 11-forumi doirasida eʼlon qilingan eng yaxshi biznes-gʻoyalar tanlovida ishtirok etish uchun rezidentlar orasidan nomzodlarni tanlash bilan shugʻullanadi.

Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli sohalardagi hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan har yilgi tadbir Seulda boʻlib oʻtadi.

Forum 2007-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Uning bosh maqsadi — Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo mamlakatlari: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida mavjud va istiqboldagi hamkorlikni mustahkamlashdir. 2017-yilning iyulida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik boʻyicha Forumining Kotibiyati (Korea — Central Asia Cooperation Forum Secretariat) tuzilgan edi, uning tarkibiga beshta respublika vakillari kiritildi. Ular Yaxshi niyat elchilari sifatida harakat qilishadi va oʻz mamlakatlarining investitsiyaviy potensiali haqida Koreya biznes jamoatchiligini xabardorligini oshirish ustida ishlashadi, shuningdek forum doirasida erishilgan loyihalar boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirilishining qoʻllab-quvvatlovini koʻrsatishadi.

Bu yil tadbir doirasida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha qoʻmitaning yigʻilishi, shuningdek ijtimoiy soha va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi biznes-gʻoyalar tanlovi oʻtkaziladi. Shartlarga koʻra, Oʻzbekistondan, Kotibiyat tarkibiga kirgan boshqa markaziy osiyolik mamlakatlar kabi, unda ikki nafar nomzod ishtirok eta oladi (39 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilini biladigan). Ikkalasi tegishli tavsiyanomalarga ega boʻlishi zarur, ular respublikalarning Koreyadagi elchixonalari tomonidan taqdim etiladi.

Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchisi – 19-oktyabrgacha davom etadigan talabnomalarni toʻplash (Markaziy Osiyo mamalkatlari uchun – 12-oktyabrgacha). Ikkinchisi noyabr oyiga rejalashtirilgan boʻlib, u oʻz ichiga tanlovning final turida ishtirok etish uchun Seulga borishni oʻz ichiga oladi. Ammo bu bilan dastur cheklanib qolmaydi: finalchilar Koreyaning muvaffaqiyatli startap-kompaniyalariga tashrif buyurishadi, ularning asoschilari bilan uchrashishadi, shuningdek Forum Kotibiyatiga oʻz loyihalarining taqdimotlarini oʻtkazishadi.

Tashkiliy qoʻmita timsolidagi taklif qiluvchi tomon aviaparvoz va yashashni ham qoʻshgan holda, tanlovning final bosqichida ishtirok etish bilan bogʻliq harajatlarni oʻz zimmasiga oladi.

Birinchi va ikkinchi oʻrinlar uchun mukofot jamgʻarmasi, shuningdek tanlov ishtiroklari uchun rahbatlantiruvchi mukofotlar koʻzda tutilgan.

MUIC tanlovda ishtirok etish va xalqaro tajribani qoʻlga kiritishga qiziqish bildirgan rezidentlarga koʻmak koʻrsatishga tayyor. Buning uchun 2018 yilning 4 oktyabriga qadar e-mail (n.alibekov@muic.uz) ga quyidagi axborotni yuborish zarur:

— Biznes-gʻoya va mahsulot (yoki xizmat)ning taʼrifi

Markaziy Osiyo bozoriga moʻljallangan muhim funksiyalar va mahsulot/xizmat gʻoyalarini amalga oshirishning usullari va foydalanish maqsadlarini batafsil taʼriflab chiqish, shuningdek mintaqa mamlakatlarining maqsadli bozorini tavsiflab chiqish. Hujjatni erkin shaklda tuzish (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, strukturalashtirilgan diagrammalar, sxemalar va shu kabilardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi).

— Mahsulotning tyexnikaviy imkoniyatlari

Kreativlik, amaliy maqsadga muvofiqlik, yuqori texnologiyaning texnologiyalardan foydalanish, mahsulotning sifati.

— Mahsulotning raqobatbardoshligi

Ichki va xorijiy bozor sharoitlari, marketing vositasida mahsulotni sotish sohasidagi strategiya va oʻsishning potensiali.

— Mahsulotni sotishdan kutilayotgan samara

Biznes-gʻoyaning kutilayotgan daromadliligi va mahsulotni sotishdagi yangi ish oʻrinlarini yaratish samarasi.

Gʻoya haqida ancha toʻliq tasavvur beradigan va uni amaliy tomondan ochib beradigan talabnomalar koʻrib chiqiladi. Aniqlilik va loʻndalik olqishlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq