EHTRM da Xitoy Sinxua Universiteti vakillari bilan uchrashuv
28.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil 26-sentabr kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Xitoyning Sinxua universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov boshchilik etdi. Shuningdek, yig‘ilishda Markaz departamentlari rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tsinxua universiteti prorektori Jin Xin va Universitetining ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha assistenti Yushei Xu tadbir mehmonlari bo‘lishdi.

Xitoylik mehmonlar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga Sinxua universiteti nomidan esdalik sovg‘alar va kitob topshirishdi. Murod Rasulov chet ellik mehmonlarga Markaz faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni so‘zlab berdi.

Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekistonda elektron tijoratni va salmoqli ma’lumotlar (big data) ni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Mehmonlar Sinxua universiteti to‘g‘risida, shuningdek, bu Xitoyning eng nufuzli ta’lim muassasasi ekanligi xususida gapirib berishdi. Hozirgi kunda bu maskanda yigirma besh mingdan ziyod talaba fan, tibbiyot, muhandislik, tarix va shu kabi sohalar bo‘yicha tahsil olishmoqda.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar «Alibaba» va «jd.com» savdo platformalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, logistika va «Smart city» loyihasini ilgari surish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar, mehmonlar imzolanishi kutilayotgan hamkorlik memorandumi doirasida kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq