Davlat soliq qoʻmitasi “ICT Expo-2018” koʻrgazmasida “Soliq xizmati – insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori” nomli maxsus ekspozitsiyasi bilan ishtirok etdi
28.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yil 26-28 sentyabr kunlari Toshkentda “ICT Expo-2018” axborot texnologiyalari milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Ko’rgazma o’tkazishdan asosiy maqsad axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari milliy sohasining yutuqlarini namoyish qilish, ekspertlar jamoasining professional platformasini shakllantirish, milliy bozor sub’yektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Ko’rgazmaning uch kunida 35 mingga yaqin mehmon, 100 dan ortiq eksponent kompaniyalar ishtirok etdi.

Koʻrgazmada mahalliy va xorijiy tashkilot hamda kompaniyalar oʻzining AKT sohasidagi eng ilgʻor loyihalari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi ham sohaga doir dasturiy mahsulotlari taqdimoti bilan qatnashmoqda.

Soliq toʻlovchilar tomonidan oʻz faoliyatlarida muvaffaqiyatli foydalanilayotgan “SOLIQ” mobil ilovasi, www.soliq.uz rasmiy veb sayti, my.soliq.uz veb-portali, Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti, Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi, Maʼlumotlarni uzatish korporativ tarmogʻi, Elektron soliq hisobotlarini taqdim etish tizimi, SOLIQ kompleks axborot tizimi, Onlayn nazorat-kassa mashinalari kabi dasturlar shular jumlasidandir. Mazkur dasturlarning aksariyati oldinroq davlat idoralarida AKTni joriy etish boʻyicha eng yaxshi loyihalar sifatida eʼtirof etilgan.

Koʻrgazmada Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2018 yilda joriy etilgan qator loyihalar taqdimotiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Elektron hisob-fakturalarni yuritish tizimi

“Elektron soliq inspektori” veb-portali

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq