Toshkentda “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi bo‘lib o‘tdi
26.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugun, 26-sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi. Forum birinchi bor o‘tkazilib, axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.

Forumda qarama-qarshiliklar tahlil qilindi, uning rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholandi. Tadbirda davlat organlari rahbarlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilot rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadikov tabrik so‘zi bilan qutladi.

Uning qayd etishicha, mazkur forum axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyatni raqamli shakllantirish masalalarini hal etishga o’zining munosib hissasini qo’shib, jahon axborot makonida O’zbekistonning pozitsiyasini mustahkamlashga o‘z hissasini qo’shadi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar vakillari tomonidan taqdimotlar boʻlib oʻtdi:

— “Raqamli Qozogʻiston” Davlat dasturi va “Astana Hub” xalqaro texnoparkining taqdimoti — Sheglova Dinara Rinatovna, Qozogʻiston Respublikasi axborot va kommunikatsiya vaziri oʻrinbosari;

— Xalq taʼlimi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish — Sarvar Babaxodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari;

— Raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarni qanday qaytarish mumkin — Irakliy Kashibadze, “Future Laboratory” Bosh direktori, Gruziya;

— Texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha taʼlim dasturlari: Rossiya tajribasi — Gusev Aleksey Nikolayevich, “RVK” AJ innovatsion ekotizimni rivojlantirish departamenti direktori, Rossiya;

— Oʻzbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi: oʻsish uchun yangi imkoniyatlar – Andrey Beklemishov “IDS” ning Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Moʻgʻuliston mintaqaviy direktori, Xalqaro “CIO” Akademiyasi vitse-prezidenti;

— “Qozogʻiston Respublikasining elektron hukumat” loyihasi taqdimoti — Kasabek Botagoz Abdixamit qizi, Qozogʻiston Respublikasi “Milliy axborot texnologiyalari” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari;

— “Hukumatning raqamli operatori” — Jaloliddin Rahimov, UZINFOCOM yagona integratori Bosh direktori;

— Maʼlumotlarni muhofaza qilishning institutsional mexanizmlari, konfidensiallik va maʼlumotlar almashinuvi — Lim Mey-Enn, Osiyoda, Singapurda – bulutli texnologiyalar Assosiasiyasi ijrochi direktori;

— Telekommunikatsiyalarning kelajagi — raqamli texnologiyalar davrida tarmoq operatorlarini muvaffaqiyatli ishtiroki — Doktor Piter Kruzel, Xalqaro “Industry Practice Carrier/Core Telco” kompaniyasi rahbari hamda “Detecon International” (Germaniya) boshqaruv kengashi aʼzosi;

— AT-karyerasida va raqamli iqtisodiyotning transformatsiyasida tezkor yoʻl — Andreas Flodstrem, “BEETROOT” asoschisi va Bosh djirektori, Shvetsiya;

— “e-Petition” Hukumatlararo tizimi hamda “iJiro” tizimining integratsiyasi va rivojlanish rejasi – O Chang Yong, “SRPOST Co., LTD.” Kompaniyasi direktori, Janubiy Koreya.

Batafsil ma’lumot www.ictweek.uz saytida.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq