ICTWEEK UZBEKISTAN-2018 doirasida Jizzax viloyati maktablariga uchta kompyuter sinflari sovg‘a qilindi
26.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

25-sentabr kuni Jizzaxda “ICTWEEK UZBEKISTAN-2018” doirasida «Axborot texnologiyalari — bolalar uchun» aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur aksiya doirasida uchta kompyuter sinflari sotib olinib, Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalariga beg‘araz sovg‘a qilindi. Bu Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktab-internat (Jizzax sh.), 72-sonli o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Forish tumani, “Qorabdol” QFY) va 17-o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani).

Kompyuter sinflariga 10 dona shaxsiy kompyuter, ko’p funktsiyali qurilma va proektorlar kiritilgan.

O‘quv sinflari ta’lim muassasalariga internet tarmog’iga ulangan lokal tarmog’I tarkibida sovg‘a qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq