Gruziya ekspert-maslahatchisi EHTRMga tashrif buyurdi
26.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

ICTWEEК 2018 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida gruziyalik ekspert va maslahatchi Irakli Kashibadze ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, hozirda Kashibadze Future Laboratory konsalting kompaniyasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda. U innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi ekotizimlarni rivojlantirish bilan faol ravishda shug‘ullanib keladi.

Seminarda Markaz xodimlari hamda Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi singari davlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.
Seminarni direktorning birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov ochib berdi.

Gruziyalik ekspert-maslahatchi “Gruziyaning elektron tijoratni rivojlantirish tajribasi” hamda «Raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarning qaytishiga qanday erishish mumkin?» mavzulariga bag‘ishlangan taqdimotlarni o‘tkazdi.

Kashibadzening fikricha, e-tijoratning afzalliklari haqida hududlarda xabardorlik darajasini oshirish, juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, elektron tijorat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish darkor.

Gruziya va boshqa mamlakatlarning maksimal iqtisodiy foyda olish va raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarning qaytishiga qanday erishish mumkinligi, elektron hukumat tizimini joriy etish borasida keltirilgan misollar bilan tanishish tadbir katnashchilari uchun qiziqarli kechdi.

«O‘zbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon, u yuqori salohiyatga ega. Islohotlar juda tezkor sur’atlarda amalga oshirilayotgani odamni quvonitiradi», – deydi Kashibadze.

Seminar yakunida tinglovchilar sohada Gruziyaning tajribasi va erishgan yutuqlari haqida olingan qiziqarli ma’lumotlar va misollar uchun ekspert-maslahatchiga minnatdorlik bildirishdi.

Ma’lumot uchun: Irakli Kashibadze ICTWEEK haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan DIGITAL UZBEKISTAN forumida so‘zga chiqdi va «Raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarni qaytishiga qanday erishish mumkin?» degan mavzuda taqdimot o‘tkazdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq