Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda yagona call-markazni yaratishi mumkin
22.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Rossiyaning «Gran call-sentr» kompaniyasi Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha davlat xizmatlari, jumladan, uy-joy mulkdorlari jamiyati, shahar hokimi portaliga murojaat yuborish uchun yagona call-markazni tatbiq etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi hamda o‘z tizimining taqdimotini o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, call-markaz barcha olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi, ularni tasniflaydi va umumiy tahlillar taqdim etadi.

«Gran call-sentr» kompaniyasi butun Rossiya hududida ishlaydi, hukumat va Moskva shahar meriyasi bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekistonda kompaniya vakillari taxminan 2000 ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda – bu call-markaz xodimlari bo‘ladi. Taklif etilgan loyiha ko‘rib chiqilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq