Janubiy Koreyada elektron hukumat qanday rivojlanmoqda?
22.09.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yilning 21-sentabr kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida koreyalik ekspert-maslahatchi doktor Shin ko‘magida «Smart texnologiyalarga asoslangan hukumat: sara misollar, Koreyadagi joriy vaziyat va istiqbollar» mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Koreya hukumatining Ochiq ma’lumotlar qo‘mitasi a’zosi doktor Le Keng-jeng ma’ruza qildi.

Seminar davomida doktor Le ishtirokchilarni Koreya Respublikasida elektron hukumat tizimini joriy etish tajribasi va tarixi bilan tanishtirdi. Bugungi kunda dunyoda elektron hukumat tizimini rivojlantirish indeksining statistikasi bo‘yicha Koreya uchinchi o‘rinni, ishtirok indeksi bo‘yicha esa 1-o‘rinni egallab turibdi.

Shu bois savol tug‘iladi: «Koreyaliklar oz fursat ichida elektron hukumat tizimini o‘z davlatlarida muvaffaqiyat bilan joriy etishga qanday erishishdi?». Doktor Le o‘zining ma’ruzasizada ushbu savolga aniq javob berdi va ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy sakkiz qadamning har biriga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u Janubiy Koreyada va butun dunyodagi davlat xizmatlari o‘rtasidagi farqlar haqida ham so‘zladi. Bu boradagi batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://brightside.me/wonder-curiosities/15-things-normal-to-south-korea-but-astonishing-to-the-rest-of-the-world-504160/.

Seminar davomida Doktor Le, «hukumat» so‘zini «xizmat qilish» bilan almashtirish ma’qul ekanini bildirdi. Mutaxassis ta’kidlab o‘tganidek, xalq davlatga emas, aksincha, davlat xalqqa xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq