Moskva shahrida GAZ boshqaruvchisiz yo‘nalish avtomobillari namoyish etildi
21.09.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Rossiyaning GAZ avtozavodi birinchi marta keng ommaga boshqaruvchisiz avtomobillarni taqdim etdi. Ishlanma «Mobilistic’18» — Moskva xalqaro avtosaloni texnologik festivali doirasida taqdim etildi. Unda GAZ boshqaruvchisiz avtomobillarning ikki modelini namoyish etdi, ularning ikkisi ham «GAZel NEXT» elektrobuslari bazasida yaratilgan. Ular avtonom boshqaruv tizimlari turlari bilan farqlanadi.

Ishlab chiqaruvchilar ta’kidlashicha, boshqaruvchisiz avtomobillar operator ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha to‘liq avtonom harakatlanishga, yo‘nalishdagi statsionar va dinamik to‘siqlarni aniqlab, ularni aylanib o‘tish yoki to‘xtash, hattoki, favqulodda tezkor tormoz berishga ham qodir.

Har ikki boshqaruvchisiz avtomobil 1 santimetrgacha aniqlikda joylashgan joyini aniqlovchi differensial qabul qiluvchi GPS /GLONASS modullari bilan jihozlangan. Shuningdek, avtopilot yo‘l chiziqlarini va yo‘l infrastrukturasi obyektlarini taniy oladi. Boshqaruvchisiz avtomobillarning birida lazerli lidar-datchiklari mavjud. Ular qishda yoki yomon ob-havo sharoitida yo‘llarda tez-tez sodir bo‘ladigan yo‘l belgilarining yetishmayotganligi yoki ko‘rinmasligi sharoitida transport harakati qatnovi qismidagi chegaralarini bevosita belgilar bilan tanib olish imkonini beradi.

Ikkinchi boshqaruvchisiz avtomobil stereokamera bazasida boshqaruv tizimiga ega. Ular yo‘lda boshqaruvchisiz transportga halaqit bermay, shu bilan bir vaqtda, qurilmani buzilishlardan, jumladan, kiberhujumdan himoya qilib, muhitda mo‘ljal olish imkonini beradi. Kompaniya mazkur yechimlardan nafaqat avtonom transportlarida, balki GAZ avtomobillariga seriyali o‘rnatib, faol haydovchi tizimlarida ham foydalanishni rejalashtirmoqda. Joriy yil iyul oyida GAZ zavodi «Yandeks» bilan hamkorlikda Moskva hukumati bilan poytaxtda boshqaruvchisiz transportni rivojlantirish va joriy etish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Manba: www.azgaz.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq