Estoniyalik hamkasblar bilan videokonferensiya
21.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil 20-sentabr kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida Estoniya Elektron boshqaruv Akademiyasining rivojlanish va strategiya bo‘yicha direktori Xannes Astok bilan videokonferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda Ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlar, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va AT-loyihalarning samaradorligini baholash va Axborot jamiyatini rivojlantirish departamenti boshliqlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Xannes Astok Akademiyaning faoliyati, davlat sektori rahbarlari, mas’ul mansabdor shaxslar va AKT’dan foydalanishga qiziqadigan shaxslar uchun samarali davlat boshqaruvi va demokratik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan treninglar va konsultatsiyalar haqida so‘zlab berdi. Bundan tashqari, Akademiya AT-korxonalari bilan hamkorlikda xorijiy hukumatlarga elektron yechimlarni joriy etishga yordam beradi.

O‘z o‘rnida, Markaz vakillari Akademiya ekspertiga Markaz faoliyati haqida, xususan, davlat xizmatlarini taqdim etish, davlat organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi, shaxsni onlayn identifikatsiya qilish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Videokonferensiya davomida kelgusida elektron hukumat tizimini rivojlantirish hamda sohadagi muammo va istiqbollari bo‘yicha fikr almashishdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi axborot tizimi komplekslari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar va axborotlashtirish va elektron xizmatlar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq